O‘zbekistonlik mansabdor shaxslar uchun Yevropa Ittifoqining mahsulotlar xavfsizligi qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

19.07.2023 774

Seminar eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablarni o‘rganishga yordam beradi.

Ushbu chora-tadbirlar choynak va tosterlardan tortib to zanjirli arra va traktorlargacha bo‘lgan tovarlarning sifati va xavfsizligini kafolatlash maqsadida ularga qo‘yiladigan texnik talablarni o‘z ichiga oladi. Qadoqlash, markirovkalash va mahsulotdan foydalanish haqidagi ma’lumotlar savdodagi texnik to‘siqlar (STT) deb nomlanuvchi ba’zi notarif choralardir. JSTning STT bo‘yicha kelishuvi ana shu masalalarga bag‘ishlangan.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida texnik reglamentlar bilan shug‘ullanuvchi mansabdor shaxslar Yevropa Ittifoqining STT qoidalariga amal qilish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi.
Seminar 20-22 iyun kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi. Seminarda Yevropa Ittifoqining nooziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha asosi - Mahsulot xavfsizligi umumiy koʻrsatma (direktiva)si taqdim etildi. Seminar ishtirokchilari ushbu qonunchilik hujjatining eng soʻnggi tahririni qayerdan topish mumkinligini bilib oldilar.

Muvofiqlikni baholash

Keyingi sessiyalarda asosiy e’tibor Yevropa Ittifoqining muvofiqlikni baholash va iste’molchilarni himoya qilish uchun tezkor choralar ko‘rishni ta’minlaydigan Tezkor ogohlantirish veb-tizimi (Safety Gate - Xavfsizlik darvozasi)ga qaratildi.

Seminarda, shuningdek, yuqori xavfli xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlar, xususan, mexanik va elektrotexnika tovarlari ko‘rib chiqildi.
Trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish loyihasi doirasida XSM tomonidan oʻtkazildi.

Trening xususida bildirilgan fikr-mulohazalar ijobiy bo‘ldi. Ishtirokchilardan biri treningda Yevropa Ittifoqining qaysi talablari majburiy va qaysilari ixtiyoriy ekanligi ko‘rsatib o‘tilganini qimmatli deb topdi. Yana bir ishtirokchi Yevropa Ittifoqining texnik talablari haqida ma’lumot olish mumkin bo‘lgan materiallar va veb-saytlar to‘g’risida ma’lumot berilganini yuqori baholadi.

STT masalalari bo‘yicha Jeneva, Bryusselga safar

Loyiha doirasida, shuningdek, O‘zbekistonlik mansabdor shaxslar uchun safar ham tashkil etildi. Uch nafar mansabdor shaxs Jenevada bo‘lib o‘tgan STT qo‘mitasi yig’ilishida ishtirok etdi va Shveytsariyaning STT bo‘yicha Milliy axborot almashish markazi va Milliy xabar berish vakolatli organi vakillari bilan uchrashdi. Ular, shuningdek, Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) va Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC)ga ham tashrif buyurishdi.

Shundan so‘ng delegatsiya Bryusselga safar qildi. Delegatsiya u yerda Yevropa Ittifoqining Milliy axborot almashish markazi xodimlari bilan uchrashdi va ushbu tashkilot faoliyati bilan tanishdi.


Toshkentdagi STT bo‘yicha trening ishtirokchilari.
XSM fotosurati

Loyiha haqida

XSM Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshiruvchi hamkori hisoblanadi. Ushbu tashabbus O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralariga ko‘maklashadi va uning qoidalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Loyihaning maqsadi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iboratdir.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech