Sertifikatlash bo‘yicha Oʻzbekistonning vakolatli organlari Yevropa Ittifoqining tovarlar kelib chiqishi qoidalari bo‘yicha tajribasini o‘rgandilar

31.12.2025 29

Dekabr oyida Oʻzbekistonning bojxona va sertifikatlash organlaridan iborat to‘qqiz nafar yuqori lavozimli vakillardan tashkil topgan delegatsiya Bryussel shahriga tashrif buyurib, Yevropa hamkasblari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi arafasida tovarlar kelib chiqishi qoidalarini qo‘llash tartib-taomillari va savdo nazoratiga oid boshqa masalalarni o‘rgandi.

2025 yil 16–18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi delegatsiya tashrifi AJ «Uzbekekspertiza» - tovarlar kelib chiqishi sertifikatlarini beruvchi va Oʻzbekistonning eksport tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi davlat korporativ tuzilmasining so‘roviga asosan tashkil etildi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Yevropa Ittifoqining ro‘yxatdan o‘tgan eksportyorlar tizimini (REX) boshqaruvchi ekspertlar bilan amaliy tajriba almashish orqali ishtirokchilarning tovarlar kelib chiqishi qoidalari sohasidagi kasbiy salohiyatini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tashrif doirasida delegatsiya Yevropa Komissiyasining Soliq va bojxona ittifoqi bo‘yicha bosh direktorati (DG TAXUD) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tovarlar kelib chiqishi qoidalari sohasida Yevropa Ittifoqining normativ-huquqiy bazasi, jumladan, qo‘llaniladigan normativ-huquqiy tartibga solish hamda joriy siyosatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotda preferensial va nopreferensial kelib chiqish qoidalari ko‘rib chiqildi, shuningdek JST qoidalariga muvofiq rivojlangan mamlakatlar tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga preferensiyalar taqdim etish imkonini beruvchi Preferensiyalarning bosh tizimi (GSP) doirasidagi kelib chiqishga oid majburiyatlar tushuntirildi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining REX tizimi qanday ishlashi ham batafsil yoritildi.

Delegatsiya a’zolari «to‘liq ishlab chiqarilgan tovarlar», «yetarli darajada qayta ishlash» va «yetarli bo‘lmagan operatsiyalar» kabi asosiy texnik tushunchalar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirdilar, shuningdek xavfga asoslangan tekshiruv, bojxona rasmiylashtiruvidan keyingi nazorat va ma’muriy hamkorlik mexanizmlari bilan tanishdilar.

Amaliy jihatlar

Belgiya bojxona organlarining tovarlar kelib chiqishi sertifikatlari bilan ishlash amaliyoti, shuningdek Ukrainada ularni elektron tarzda berish tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy namoyishlar ishtirokchilarga kelib chiqish qoidalarining amalda qanday qo‘llanilishini yaqqol ko‘rsatib berdi.

Shuningdek, delegatsiya Belgiya Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashib, sertifikatlash funksiyalari va bojxona nazorati o‘rtasidagi vakolatlar taqsimoti, shuningdek tovarlar kelib chiqishi sertifikatlarini berish va tekshirishda davlatga qarashli raqamli platformalardan foydalanish amaliyoti bilan yaqindan tanishdi.

Palata elektron sertifikatlash platformasining ishlashini namoyish etdi, jumladan, uning firibgarlikning oldini olish, kuzatuvchanlikni ta’minlash va ma’lumotlar maxfiyligini himoya qilishdagi roli tushuntirildi.

Taqdim etilgan aniq va amaliy misollar Oʻzbekistonda tovarlar kelib chiqishi qoidalarini JST talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan davom etayotgan institutsional islohotlar uchun nihoyatda dolzarb ekanini ko‘rsatdi.

Tashrif doirasida delegatsiya Jahon bojxona tashkiloti vakillari bilan ham uchrashib, tashkilot faoliyati hamda tovarlar kelib chiqishi masalalarining ko‘p tomonlama darajada qanday ko‘rib chiqilishi bilan tanishdi.

Mazkur tashrif Oʻzbekistonning tovarlar kelib chiqishi sohasidagi milliy tartib-taomillarini xalqaro standartlarga yanada moslashtirishga xizmat qiladi hamda mas’ul xodimlarning tegishli jarayonlarni boshqarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Tashrif Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan «Oʻzbekistonning JSTga a’zo bo’lishi jarayoniga ko‘maklashish» loyihasi doirasida amalga oshirildi va ushbu loyihaning birinchi bosqichi doirasidagi so‘nggi tadbir bo‘ldi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech