Oʻzbekiston tovarlar kelib chiqishi qoidalari sohasida salohiyatini kuchaytirmoqda

18.12.2025 28

Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kelgusi yilda qoʻshilishi kutilayotgan bir paytda, mamlakatda eksport faoliyati uchun masʼul bo‘lgan mutasaddilar tovarlar kelib chiqishi qoidalarining normativ-huquqiy jihatlari bo‘yicha intensiv maxsus oʻquv mashgʻulotlaridan oʻtdilar.

Tovarlar kelib chiqishi qoidalari (Rules of Origin, RoO) mahsulot qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganini aniqlash uchun qoʻllaniladigan mezonlardir. Bu, ayniqsa, erkin savdo bitimlari doirasida qoʻllaniladigan preferensial boj stavkalarining tatbiq etilishini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, kelib chiqish qoidalari xalqaro savdo qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Biroq kelib chiqish qoidalari faqat bojxona tartib-taomillari va erkin savdo hududlari bilan cheklanmaydi. Ular savdoni himoya qilish choralarini qoʻllashda, tashqi savdo statistikasi yuritishda, taʼminot zanjirlarining shaffofligini oshirishda, shuningdek bojxona va tartibga solish talablariga rioya etilishini taʼminlashda ham muhim rol oʻynaydi.

Oʻzbekiston kelib chiqish qoidalari boʻyicha milliy huquqiy bazani JST qoidalari va xalqaro ilgʻor amaliyotga moslashtirish jarayonida boʻlgan bir paytda, Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan tovarlar kelib chiqishi qoidalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan trening tashkil etildi. Ushbu trening "O'zbekekspertiza" AJ mutaxassislari uchun o‘tkazildi. Mazkur tashkilot tovarlarning kelib chiqish mamlakatini nazorat qiladi, tekshiradi va sertifikatlaydi, laboratoriya sinovlarini o‘tkazadi, eksportga oid hujjatlarni rasmiylashtiradi, mahalliy mahsulotlar va ishlab chiqaruvchilarning ochiq reyestrini yuritadi hamda boshqa qator vazifalarni bajaradi.

Mazkur tashkilot tovarlarning “kelib chiqish mamlakati”ni tasdiqlash va eksportga oid hujjatlarni berish uchun masʼul bo‘lib, eksportyorlarga mustaqil sertifikatlash xizmatlarini ham ko‘rsatadi.

Shu munosabat bilan XSM tomonidan 17-19 sentyabr kunlari Toshkent shahrida tovarlar kelib chiqishi qoidalari bo‘yicha uch kunlik oʻquv seminari tashkil etildi. Trening Bojxona qoʻmitasi raisi o‘rinbosari tomonidan ochildi va unda "O'zbekekspertiza" AJ hamda Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasidan 97 nafar yuqori lavozimli mutaxassislar, jumladan, inspektorlar va auditorlar ishtirok etdilar.

“Spaghetti-bowl” muammosi

Seminarning birinchi kuni tovarlar kelib chiqishi qoidalarining umumiy tushunchalari, ularning strategik ahamiyati va asosiy metodologiyalariga bagʻishlandi. JST doirasidagi nopreferensial kelib chiqish qoidalari bilan erkin savdo bitimlarida qoʻllaniladigan preferensial qoidalar oʻrtasidagi farqlar tushuntirildi hamda Yevropa Ittifoqining preferensial kelib chiqish qoidalari koʻrib chiqildi. Shuningdek, erkin savdo bitimlarining bir-biriga ustma-ust tushishi va kelib chiqish qoidalaridagi tafovutlar bilan bogʻliq, “spaghetti-bowl muammosi” sifatida tanilgan holat muhokama qilindi hamda ushbu qoidalarni soddalashtirish bo‘yicha yondashuvlar koʻrib chiqildi.

Ikkinchi kuni sertifikatlar berish tartib-taomillari va Yevropa Ittifoqining o‘zini o‘zi sertifikatlash tizimi (REX) kabi texnik jihatlar chuqurroq tahlil qilindi. Shuningdek, ASEAN va Lotin Amerikasi mamlakatlari tajribasi asosida kelib chiqish qoidalarini huquqiy joriy etish bo‘yicha xalqaro ilgʻor amaliyot muhokama qilindi.

So‘nggi kun Oʻzbekistonning kelib chiqish qoidalari bo‘yicha milliy qonunchiligini tahlil qilish va uni takomillashtirishga yondashuvlarga bagʻishlandi. Ishtirokchilar turli davlat organlarining rollarini xaritalash, shuningdek idoralararo muvofiqlashtirish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish masalalarini koʻrib chiqdilar. Seminar yakunida xususiy sektor bilan hamkorlik va sertifikatlash hamda muvofiqlikni taʼminlash jarayonida tez-tez uchraydigan xatolarga bagʻishlangan sessiya o‘tkazildi.

Mazkur treningda "O'zbekekspertiza" AJ va Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasidan jami 97 nafar vakil ishtirok etdi. Seminar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan «Oʻzbekistonning JSTga aʻzo boʻilishi jarayoniga koʻmaklashish» loyihasi doirasida amalga oshirildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech