BIZNING LOYIHA: O'ZBEKISTONNING JST.GA A'ZO BO'LISH JARAYONIGA KO'MAKLASHISH 

Aynan shu loyiha nima uchun muhim?

Yevropa Ittifoqining (YI) “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan amalga oshirilayotgan besh yillik tashabbusdir. 2020-yil fevral oyida boshlangan loyiha Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonidan foydalanib iqtisodiyotni modernizatsiya qilish boʻyicha rivojlanish rejalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Pirovard maqsad

Mamlakatda xalqaro standartlarga, jumladan, bashorat qilinadigan va qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonun-qoidalarga muvofiq savdo muhitini yaratishga ko‘maklashish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish.

Xos maqsad

JST qoidalariga mos keladigan savdo muhitini yaratish orqali O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish.

Agar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni loyihani amalga oshirish bosqichida yakunlansa, XSM ko‘magining diqqat-e’tibori O‘zbekistonning JST talablariga rioya etishi va qo‘shilish jarayonida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

Loyihani kim moliyalashtirmoqda?

Loyiha Yevropa 
Ittifoqi tomonidan
moliyalashtiriladi

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.

Kimlar manfaatdor?

  • Dasturning asosiy manfaatdor tomoni JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar uchun mas’ul vazirlik, ya’ni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidir (ITSV). Boshqa to‘g‘ridan to‘g‘ri benefitsiarlar JSTga a'zo bo'lishdan oldingi va keyingi jarayonda ishtirok etadigan turli davlat idoralarini o‘z ichiga oladi.
  • Loyiha, shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, biznes tashkilotlari va tarmoq birlashmalari, eksport-import korxonalari, universitetlar, iqtisodiy tadqiqot markazlari hamda fuqarolik jamiyati tashkilotlari, jumladan, xotin-qizlar, yoshlar va iste’molchilar uyushmalari bilan ham yaqin hamkorlik qiladi.
  • Yakuniy manfaatdor tomonlar O‘zbekiston tadbirkorlari, ayniqsa kichik va o‘rta biznes subyektlari, shuningdek, iste’molchilar, xususan, ayollar, yoshlar hamda zaif va madaniy kamchilikni tashkil etuvchi aholi bo’ladi.

Qanday natijalar ko‘zlanmoqda?

O‘zbekiston hukumati JSTga a’zo bo‘lish jarayoni talabiga ko‘ra hujjatlarni ishlab chiqish va muzokaralar o‘tkazish pozitsiyasini ishlab chiqish uchun yaxshi darajada ta’minlanadi.

Ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar O‘zbekistonning yangi xalqaro majburiyatlariga rioya qilish uchun zarur muayyan sohaviy qonunlar va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha chuqurroq ma’lumotga ega bo‘ladilar.

Hukumat a’zolarining JSTga kirish jarayoni va uning huquqiy asoslari haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.

O‘zbekiston JST qoidalariga, xususan, JSTning SFS/STT (Sanitariya va fitosanitariya tadbirlari to‘g‘risidagi Bitim/ Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi bitim)  va Savdo-sotiqni soddalashtirish bo‘yicha kelishuvlariga rioya qilish salohiyatiga ega bo‘ladi.

XSM faoliyati biznes sektorining, jumladan, ayollar uyushmalarining JSTga kirish jarayoni va imtiyozlari haqida xabardorlik darajasini oshiradi.

XSM RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLARNING KO‘P TOMONLAMA SAVDO TIZIMIGA INTEGRATSIYALASHUVINI QANDAY QILIB QO‘LLAB-QUVVATLAYDI?

Xalqaro savdo markazining (XSM) xususiy sektor, xususan, KO‘Blar ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha eksklyuziv vakolati doirasida savdo yo‘lidagi iqtisodiy o‘sish uchun XSM rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy sektorining JSTga a’zo bo‘lish jarayonidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Taqdim etiladigan yordam har bir mamlakatning a’zolikka aylanish bosqichiga va o‘ziga xos iqtisodiy vaziyatga, shuningdek, rivojlanish strategiyalariga moslashtiriladi.

XSM JSTga aʼzo boʻlayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni ikki maqsadda qoʻllab-quvvatlaydi:

Ularning tashkilotga qo‘shilish jarayoni atrofida milliy konsensus va xalqaro darajada jadallikni oshirish.

Muvozanatli strategiyalar asosida JSTga a’zo bo‘lish hamda biznesning global iqtisodiyotga integratsiyalashuvini kuchaytirish uchun muhim siyosat va tartibga solish islohotlarini birlashtirish.

Shu maqsad yo‘lida XSM 2009-yildan beri eng kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga JSTga a’zo bo‘lish jarayonida texnik yordam ko‘rsatish va salohiyatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlarni taqdim etish orqali muvaffaqiyatli ko‘mak berib kelmoqda. JSTga kirish hujjatlari loyihasini (Tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi memorandum va Huquqiy harakatlar rejasi) ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlash, tashkilotga a’zo bo‘lishning muvozanatli strategiyalariga erishish (tovar va xizmatlar boʻyicha dastlabki takliflarni ishlab chiqish, milliy savdo siyosati strategiyalarini tuzishni qoʻllab-quvvatlash) hamda milliy darajada tashkilotga qo‘shilish va muzokaralar pozitsiyalari atrofida konsensus yaratish uchun keng ko‘lamda davlat va xususiy sektor o’rtasidagi muloqot metodologiyasini joriy qilish shular jumlasidandir. Samoa, Yaman, Laos XDR, Komor orollari, Liberiya, Sudan, Tojikiston va Efiopiya JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida XSM ko‘magidan manfaat ko‘rgan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Bunday yuksak maqsadlarga erishish uchun XSM har bir mamlakatning ehtiyojlari va holatiga moslashtirilgan beshta strategiyani ishlab chiqdi. Ushbu strategiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

JST tizimi va undagi qamrab olinadigan kelishuvlar haqida davlat xizmati xodimlarini xabardorlik darajasini oshirish hamda hukumat va xususiy sektor o‘rtasidagi bilimlar bo‘shlig’ini to‘ldirish;

Tashqi savdo rejimi toʻgʻrisidagi memorandum va qonunchilik harakatlari rejasini ishlab chiqishda koʻmaklashish va/yoki ushbu hujjatlar taqdim etilgandan keyin JST aʼzolarining savollariga javob berishga koʻmaklashish;

Mamlakatni rivojlantirish strategiyasi va xususiy sektor ehtiyojlariga mos keladigan xizmatlar va tovarlar bo‘yicha dastlabki takliflar loyihasini ishlab chiqishda ko‘maklashish;

JST bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barqaror salohiyatni oshirish uchun bilimlar fondini yaratish;

JST muzokaralarida samarali ishtirok etishni ta’minlash uchun maslahat xizmatlarini ko‘rsatish.

Qo‘shilish jarayoni bilan birgalikda, XSM tashkilotga yaqinda qo‘shilgan mamlakatlarni JST majburiyatlarini bajarish asnosida ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech