Toshkentdagi universitetda individual tasrzda o‘qitiladigan JST huquqi kursi uzoq muddatli institutsion salohiyatni kuchaytiradi

23.03.2023 973

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Uzoq muddatli istiqbolda manfaatli a’zolikni ta’minlash uchun institutsional bilimlarni shakllantirish va ularni JST qoidalariga rioya qilgan holda milliy qonunlar va siyosatga qo‘llash uchun zarurat mavjud.

Ixtisoslashgan universitet ta’limi xalqaro savdo bo’yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan siyosatchilar, huquqshunoslar va iqtisodchilarning yangi avlodini tayyorlashga yordam beradi.

Hatto global miqyosda faqat sanoqli universitetlargina xalqaro savdo, huquq va iqtisodiyotning nozik jabhalarini o‘rgata oladi. Yaqinda ular safiga Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) qo‘shildi.

Markaziy Osiyoda noyob kurs

Shveytsariyaning Bern shahridagi nufuzli Jahon Savdo Instituti (JSI) JIDUning magistratura va aspirantura huquq dasturlari uchun JST huquqi bo‘yicha maxsus akademik kursni ishlab chiqdi. Kurs Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Xalqaro Savdo Markazi (XSM) loyihasi doirasida Oʻzbekistonning JSTga aʻzo boʻlish arafasida xalqaro savdodagi salohiyatini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.

Kurs akademik dasturga savdo huquqi bilimlarini kiritadi. Talabalar uzoq muddatli istiqbolda JST bilan bog'liq masalalar bo‘yicha boʻlajak amaldorlar, huquqshunoslar va siyosatchilar sifatida tayyorlanadi.

JSI tadqiqotlari direktori va JST Apellyatsiya organining hurmatli sobiq sudyasi Piter van den Bosshe ushbu kurs Markaziy Osiyoda yagona ekanligini ta’kidladi.

“Kurs talabalarga JST qonunchiligi va siyosati haqida chuqur bilim beradi”, dedi u. “Talabalar oʻqishni tamomlagach, Oʻzbekiston hukumatidagi faoliyatlarida bu katta foyda keltirishi aniq. Ular, bundan tashqari, xususiy amaliyot bilan shug’ullanishlari yoki kompaniyalarga konsultativ maslahat berishlari yoki xalqaro tashkilotlarda o‘z faoliyatini olib borishlari mumkin.

Talabalar va hukumat rasmiy vakillari uchun

Ish uch bosqichda davom etdi, - deya tushuntirdi JSI ning ilg'or magistrlik dasturlari bo‘yicha akademik koordinatori, kurs faoliyatini boshqaruvchisi Rodrigo Polanko.

Birinchi qadam sifatida JSI o‘quv materiallari, taqdimotlari va baholash tizimlarini o‘z ichiga olgan ikki semestrlik JST huquqi bo‘yicha modullarning to‘liq o‘quv dasturini ishlab chiqdi. So‘ng JSI JIDU bilan hamkorlikda trenerlarni, ya’ni universitetning huquq fakulteti professor-o‘qituvchilarini, ushbu materiallarni o‘rgatish masalalari bo‘yicha hamkorlik olib bordi.

Shuning bilan birga o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda ularga darslarni talabalar va hukumat rasmiy vakillari uchun ommabop bo‘lishi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi. Kurs uchun hukumat rasmiy vakillari muhim maqsadli qatlam hisoblanadi, chunki savdo masalalari bilan shug’ullanuvchilar O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lgach, shu yo‘nalishda faoliyat olib borishlari talab etiladi.

Talabalar, amaliyotchilar va hukumat a’zolari uchun taqdim etilgan onlayn tarzdagi mehmon ma’ruzalari kengroq auditoriyaga savdo qonunchiligining ilg’or mavzularini taqdim etdi, dedi Polanko.

“Maqsad ulkan va ushbu loyihadagi ishtirokimiz tufayli biz nafaqat mutaxassislarimizni, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan tajribani ham jalb qilish imkoniyatiga egamiz. Universitetimiz ushbu fanni taklif qilish orqali o‘ziga xos hissa qo‘shmoqda," dedi Umid Yoqubxo‘jaev, JIDU Xalqaro huquq fakulteti dekani.

JIDU o‘ziga xos hissa qo‘shmoqda

“Xalqaro huquq fakultetida JST huquqi fani asosiy fan sifatida kiritildi va keyinchalik magistratura dasturiga ham qo‘shildi,” – qo'shimcha qildi Umid Yoqubxo‘jaev.

Talabalar ro‘yxatdan o‘tish uchun shaylanmoqda

“Kurs O‘zbekiston uchun qulay shartlarda tashkilotga a’zo bo‘lish muhimligi haqida chuqurroq tushuncha berdi,” – deydi 4-kurs talabasi Asilbek Abdug‘aniyev.

Yana bir aspirant Abror Muhammadjonovning aytishicha, ma’ruzalarda JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklari haqida foydali ma’lumotlar berilgan. “Bu haqda o‘rganish juda qimmatli edi.”

Loyiha haqida

XSM Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasining ijrochi hamkori hisoblanadi. Besh yillik tashabbus JSTga aʼzo boʻlish jarayonidan foydalanib iqtisodiyotini modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekistonning rivojlanish rejalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashishdan iboratdir.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech