Oʻzbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzolik tomon shaxdam qadamlar bilan: Xizmatlar savdosi toʻgʻrisidagi bosh bitim (GATS)ni oʻrganish tadbirlari

02.12.2020 797

Xizmatlar savdosini ayni vaqtida va yuqori darajada tashkil etish iqtisodiyotni inklyuziv rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Shu bois, mamlakat xizmatlarini xalqaro qoidalarga moslash Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishning muhim shartlaridan biridir.

Oʻzbekistonni JSTga qoʻshilish jarayonini samarali qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalqaro Savdo Markazi tomonidan Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida joriy yilning 17-24-noyabr kunlari xizmatlar savdosi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ishchi yigʻilishlar oʻtkazildi.

JST/GATS doirasida xizmatlar sohasidagi majburiyatlarni belgilab olish yuzasidan boʻlib oʻtgan ishchi yigʻilishlarda OʻzR Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, Intellektual mulk agentligi kabi tegishli davlat organlaridan masʼul xodimlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilarining turli sohaga mansubligi mashgʻulotlar taʼsirchanligini yanada oshirib, olingan bilimlar mustahkamlanishiga hissa qoʻshdi.

Toʻrt kun davom etgan seminar davomida XSM ekspertlari tomonidan ishtirokchilarga Xizmatlar savdosi toʻgʻrisidagi Bosh bitim (GATS), uning tuzilishi, koʻlami va JST majburiyatlarini belgilashdagi asosiy qoidalar haqida batafsil tushuncha berildi. Oʻquv mashgʻulotlarida tabiatni muhofaza qilish, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash, suv taʼminoti, oqava suvlarni boshqarish, quvurlar yotqizish, iste’molni nazorat qilish, havo ifloslanishini kamaytirish, zararli chiqindilarni bartaraf qilish kabi faoliyatlar uchun davlat tomonidan taʼminot va xizmatlar turi muhokama qilindi. JST xizmatlar sohasining maxsus tasnifi, xususan, mahsulot turlari tasnifi aniq misollar va keyslar yordamida tushuntirildi. Har bir mashgʻulot yakunida ishtirokchilar qisqa savol-javoblar orqali oʻzlashtirgan bilimlarini baholash imkoniyatiga ega boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bosh mutaxassisi Abduxoliqov bu kabi tadbirlar tegishli idoralar mutaxassislarining bilim saviyasini oshirish uchun muhimligini eʼtirof etib, olingan yangi maʼlumotlar Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishida hal qiluvchi ahamiyatga egaligini taʼkidladi.

Ushbu seminarlar Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida rejalashtirilgan koʻplab tadbirlardan biri boʻlib, mamlakatning JSTga qoʻshilish jarayoniga yordam berib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish rejalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech