O‘zbekiston: Telekommunikatsiya sohasidagi xalqaro qoidalarni o’rganish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi

07.09.2020 770

Seminarda telekommunikatsiya sohasidagi birlamchi qoidalar va O’zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha bilim va tajriba almashildi, deb  xabar beradi ITC News.

Telekommunikatsiya ko'pchilik mamlakatlar iqtisodiyotida jadal rivojlanib kelayotgan tarmoq bo'lib, u faoliyat yuritayotgan tartibga solish muhiti alohida ahamiyatga molik. Jahon Savdo Tashkiloti (JST) qoidalari asosida o’rnatilgan bu bilan bog'liq tartibga solish rejimi tashkilot tarkibidagi a’zo mamlakatlar uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kuni kecha JST bilan hamkorlikda Xalqaro Savdo Markazi O‘zbekiston uchun telekommunikatsiyalarni tartibga solishning eng muhim tamoyillari va ko‘p tomonlama kelishuvlar haqida tushuncha berish maqsadida seminar tashkil qildi.

Ishtirokchilar telekommunikatsiya xizmatlari sektoriga taalluqli bo‘lgan asosiy tartibga solish taomillari haqida batafsil tushunchaga ega bo‘ldi. Xizmatlar savdosi bo‘yicha Bosh bitim (GATS), jumladan, uning Telekommunikatsiyalar sohasi bo‘yicha ilovasi hamda JSTning asosiy telekommunikatsiyalar bo‘yicha ma’lumotnomasi qoidalari atroflicha muhokama qilindi.

JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar tarkibida O’zbekiston tomonidan ishtirok etayotgan hukumat vakillari yaqinda JST ga aʼzo boʻlgan mamlakatlar tajribasi bilan tanishtirib o’tildi, mazkur mamlakatlarning savdoni liberallashtirish amaliyoti va savdoni rejalashtirish bo’yicha majburiyatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Milliy rivojlanish strategiyasida keltirib o’tilgan O‘zbekistonning mahalliy telekommunikatsiya bozoriga oid masalalar, shu jumladan, shahar va qishloqlarda mazkur sohani mutanosib rivojlantirishni ta’minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bo’lib o’tgan treningda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi hamda milliy telekommunikatsiya operatori – “O‘ZBEKTELEKOM” AJ vakillari ishtirok etdi.

Xalqaro savdo markazi mazkur treningni "O'zbekistonning JSTga a'zo bo'lish jarayoniga ko'maklashish" loyihasi ijrosi doirasida tashkil etdi. Bu Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtirilgan besh yillik tashabbus boʻlib, mamlakatning tashkilotga aʼzo boʻlish jarayonini qo’llab-quvvatlash orqali iqtisodiyotni modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekistonning rivojlanish bo’yicha ko’zlagan maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashni ko’zda tutadi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech