Oʻzbekiston: Xizmatlar va moliya sektori boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari JSTga aʼzolik boʻyicha muzokaralardagi faollikni oshirmoqda

10.08.2021 709

Xizmat koʻrsatish – aloqadan tortib, transport, moliya, taʼlim, turizm, ekologiya, axborot va kommunikatsiyalar, yuk tashish va boshqa yetakchi tarmoqlarda muhim iqtisodiy rolga ega. Shu bois, ushbu sektor dinamikasi Jahon Savdo Tashkiloti (JST) maʼlumotlariga koʻra, 2005-2017-yillar oraligʻida 10 foizga oʻsib, soʻnggi besh-oʻn yillikda dunyo iqtisodiyotining tayanch nuqtasiga aylandi. Bugungi kunda xizmatlar sektori xalqaro savdo dinamikasining yuqori qismini band qiladi.

JSTning xizmatlar savdosiga oid qoidalari mahsulotlar savdosiga qaraganda ancha murakkab tartib-taomillarni oʻz ichiga oladi. Bunda mamlakatlar xizmatlar savdosini liberallashtirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini mustaqil belgilab, sektorlarni iqtisodiy tabiati va manfaatlariga mos tarzda ajratish yoki liberallashtirishni darajalash imkoniyatiga ega. Mazkur va boshqa tartibotlar JSTning Xizmatlar savdosi boʻyicha Bosh kelishuvida (GATS) qayd etilgan.

Oʻzbekiston hukumati vakillarini GATS qoidalari va muzokaralarning asosiy elementlari bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 28-30-iyul kunlari Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan xizmatlar savdosini tartibga soluvchi qoidalarga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur seminarda xalqaro savdo huquqi va qoidalari boʻyicha ekspert Rambod Behbudiy tomonidan taqdimot oʻtkazildi.

Seminarlarda strategik jihatdan nozik nuqta boʻlgan moliyaviy xizmatlar sektoriga alohida urgʻu berildi. Iqtisodiyot uchun alohida ahamiyat va tizimli xavf-xatarlarga egaligi bois, moliyaviy xizmat qoidalarining oʻziga xos murakkabliklarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.

Tadbir jarayonida, shuningdek, GATSning tarkibiy tuzilishi yoritilib, bir mamlakatning xizmat koʻrsatuvchi provayderi boshqa davlatdagi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan toʻrtta rejim tushuntirib berildi.

Ishtirokchilar mashgʻulotlar mobaynida mamlakatlarning xizmatlar sohasiga taʼsir koʻrsatuvchi chora-tadbirlari turi va taʼsir doirasi, GATSga taalluqli JST tamoyillari, masalan, milliy rejim, qulay mamlakat rejimi, raqobatga qarshi amaliyotlar, umumiy va xavfsizlikka oid istisnolar haqida nazariy va amaliy koʻnikmalar egalladi.

Oʻquv mashgʻulotlarida taʼkidlanishicha, GATS aʼzolikka qoʻshilayotgan hukumatlarga xizmatlar sohasi boʻyicha majburiyatlarni belgilab olish uchun erkinlik beradi. Boshqacha aytganda, ular oʻz rejalarida quyidagi bandlarni belgilab olishi mumkin:

  1. Bozorga kirish sharoitlari, cheklovlari va shartlari;
  2. milliy rejim va imkoniyatlar boʻyicha shartlar;
  3. qoʻshimcha majburiyatlarga oid vazifalar;
  4. majburiyatlarni bajarish muddatlari;
  5. majburiyatlarning kuchga kirish muddati.

Tashkilotga qoʻshilayotgan mamlakat bozorga kirish va milliy rejimda iqtisodiyotni rejalashtirishdan tashqaridagi xizmatlar savdosiga taʼsir qiluvchi choralarga doir majburiyatlarni muhokama qilishi mumkin. Bu standartlar yoki litsenziyalash kabi masalalarni qamrab oladi.

Moliyaviy xizmatlar – iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi boʻlgani uchun barcha turdagi xizmat sohalarida qattiq tartibga solinadi. Moliya sektorining sogʻlomlik darajasi butun iqtisodiyotning sogʻlomligi uchun muhimdir. 2008-yildagi moliyaviy inqiroz shuni isbotladiki, moliyaviy sektorning sogʻlomligiga putur yetishi xalqaro toʻlovlar va risklarni boshqarishdan tortib, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qadar sohalarga tizimli salbiy taʼsirini oʻtkazadi.

1-punkt: Moliyaviy xizmatlarni himoya qilish uchun milliy ichki qoidalar

JST aʼzolari moliyaviy ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi mumkin:

  • Investor, omonatchi, sugʻurtachi yoki boshqa moliyaviy xizmatlar yetkazib beruvchilari tomonidan ishonchli majburiyatga ega shaxslarni himoya qilish;
  • Mamlakat moliya tizimining yaxlitligi va barqarorligini taʼminlash.

Biroq, ushbu tadbirlar JST aʼzosining GATS boʻyicha majburiyat yoki vazifalarini aylanib oʻtish maqsadida ishlatilmasligi zarur.

Shunga qaramay, tizimli xavfning oldini olishga, depozitlarni sugʻurtalash yoki xavfsizlik tarmoqlarini taʼminlashga qaratilgan siyosatdan muqarrar ravishda axloqiy xavf yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, moliyaviy sektor uchun JST qoidalari nizolarni hal qilishning alohida qoidalari asosida tartibga solinadi.

Treninglarning soʻnggi ikki kunida Oʻzbekistonning hozirda davlat banklari ustunlik qiladigan moliyaviy xizmatlar sektoridagi joriy ahvol va moliyaviy xizmatlar savdosining asosiy namunaviy shakllariga eʼtibor qaratildi.

“Yevropa Ittifoqi loyihasi doirasida tashkil etilgan moliyaviy xizmatlar boʻyicha seminar Oʻzbekiston Markaziy banki uchun juda foydali boʻldi. Mohiyatan, ilgʻor tajriba va moliyaviy xizmatlar tajribasini almashish, xususan, bank sektorining tarmoqlararo taʼsiri va majburiyatlari Oʻzbekistonning JSTga kirish jarayoniga koʻmak beradi”, — deb taʼkidladi Shohruh Ahmedov, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

Mashgʻulotlarda birlamchi manfaatlarni aniqlash, GATS imtiyozlari va talablarini qabul qilish hamda yengilliklarni mamlakat manfaatlari bilan uygʻunlashtirish strategiyalari oʻrganildi, shu bilan birga, sektor misollariga asoslangan haqiqiy keyslar yordamida GATS muzokaralaridagi ehtimoliy mundarija koʻrsatildi. Treningning katta qismi JST aʼzolari bilan hamkorlik alyanslarini qurish va muzokaralar dinamikasini “stress-test” qilish usullarini oʻzlashtirishga, mavzuga doir aniq savollar va muammolarni hal qilishga xizmat qildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech