Savdoni himoya qilish bo‘yicha muhim o‘quv mashg‘uloti O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga tayyorgarligini mustahkamladi

30.04.2025 54

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishiga tayyorgarlik jarayonida savdoni himoya qilish choralarini boshqarish bo‘yicha zarur texnik ko‘nikmalar rivojlantirilmoqda.

JSTga a’zo bo‘lgan davlatlar, ichki ishlab chiqaruvchilarni adolatsiz savdo amaliyotlaridan, jumladan, demping va subsidiyalar, yoki import hajmining keskin o‘sishdan himoya qilish uchun, savdoni himoya qilish choralarini qo‘llashi mumkin. 

JST a’zolarga antidemping, kompensatsion va maxsus himoya choralarini qo‘llashda yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladigan keng qamrovli qoidalar to‘plamiga ega.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash doirasida Xalqaro savdo markazi (XSM) mamlakatga savdoni himoya qilish tizimini shakllantirishda ko‘mak bermoqda. Bu esa tegishli qonunchilik bazasini ishlab chiqish va savdoni himoya qilish bo‘yicha alohida bo‘linma tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor esa ushbu qoidalarni samarali qo‘llash uchun zarur texnik salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan. 

Shu maqsadda 2025 yilning 7–11 aprel kunlari Toshkent shahrida savdoni himoya qilish choralarini JSTga a’zo bo‘lgach amalga oshiruvchi mutaxassislar, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalarini qamrab olgan intensiv o‘quv seminar o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv kursi “JST Kafedralari” dasturi doirasida o‘tkazildi va treningning bir qismi uchun JST Qoidalar bo‘limidan texnik mutaxassis jalb etildi.

Savdoni himoya qilish qonunchiligidagi yangiliklar

Dastlabki kun qatnashchilarga savdoni himoya qilish choralari bo‘yicha protsessual bosqichlar, Braziliya, Kanada, Yevropa Ittifoqi va AQSh kabi JST a’zolarining institutlari misolida tushuntirildi. Shuningdek, tergov ishlarini boshlash va ularning muddati, shuningdek, maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash tartibi muhokama qilindi.

Ishtirokchilar savdoni himoya qilish choralarining murakkab jihatlariga ham chuqur kirib bordilar.

Normal qiymat va demping marjasi

Ikkinchi kunning mavzusi antidemping choralari bo‘ldi. Unda ishtirokchilar “normal qiymat”ni aniqlash uslublari, eksport narxlari haqida ma’lumot to‘plash tartibi va demping marjasini hisoblash metodologiyasi bilan tanishdilar. Uchinchi kun kompensatsion choralar mavzusiga bag‘ishlandi. Unda noxolis subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadigan import mahsulotlariga nisbatan qanday choralar ko‘rilishi mumkinligi tushuntirildi.

To‘rtinchi kun demping sababli yetkazilgan zarar va zararni aniqlovchi omillar, jumladan narx va hajm dinamikasi tahlil qilindi. So‘nggi kun esa maxsus himoya choralariga va ularni qanday sharoitlarda qo‘llash mumkinligiga bag‘ishlandi.

Trening davomida nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun amaliy mashqlar va real holatlarga asoslangan simulyatsiyalardan foydalanildi.

Mazkur o‘quv seminari 42 nafar ishtirokchining salohiyatini oshirishga xizmat qildi. Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etildi. 24 nafar ishtirokchi yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi.

2025-yil 7 aprel, Toshkent, O‘zbekiston – O‘quv seminarini XSMning Toshkentdagi loyiha koordinatori Adxam Akbarov ochib berdi hamda kurs dasturi bilan tanishtirdi.

Foto: XSM

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech