O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimini tubdan maqbullashtirish bo‘yicha ulkan tashabbus

28.04.2025 131

O‘zbekistonda Xalqaro Savdo Markazi (XSM) ko‘magida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini tekshirish milliy tizimini maqbullashtirish bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmoqda. Ushbu keng ko‘lamli ishlarning maqsadi — mamlakat Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi arafasida milliy tizimni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishdan iborat.

O‘zbekiston bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini tekshirish bo‘yicha turli vazirlik va idoralar tasarrufidagi laboratoriyalar tarmog‘i faoliyat yuritmoqda. Bunday tizim ayrim hollarda sa’y-harakatlarning takrorlanishiga va resurslardan samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat tizimiga nazorat olib boruvchi vakolatli organ, tizimdagi takroriyliklarning oldini olish va moliyaviy hamda boshqa resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida uni maqbullashtirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qildi.

2024-yilda Qo‘mita Xalqaro Savdo Markaziga murojaat qilib, turli idoralar tasarrufidagi laboratoriyalar tarmog‘ini maqbullashtirish yo‘llarini baholashda texnik yordam so‘radi. Ushbu tashabbus doirasida uchta eng muhim laboratoriyani tanlab olish va ularning faoliyatini xalqaro standart, ya’ni ISO/IEC 17025:2017 talablari bilan moslashtirish vazifasi belgilandi.

Ushbu jarayon doirasida tanlab olingan laboratoriyalarning sifatni boshqarish tizimlari qayta ko‘rib chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda. Laboratoriyalarning texnik xodimlari uchun xalqaro standartlar va protokollarga muvofiq sinov parametrlarini aniqlash bo‘yicha analitik usullar yuzasidan malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Laboratoriyalarni joylarda baholash va ularning texnik xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar

2024-yilning ikkinchi yarmida laboratoriyalar faoliyatini baholash so‘rovnoma asosida amalga oshirildi. Baholash natijalariga ko‘ra, 2024-yil oktyabr oyida laboratoriyalarni joyiga chiqib o’rganish ishlari o‘tkazildi. Ushbu o’rganish laboratoriyalarning sifatni boshqarish tizimlari xalqaro talablarga qanchalik mos kelishini aniqlashga qaratilgan edi.

Shundan so‘ng, Toshkent shahrida laboratoriyalar texnik xodimlar uchun xalqaro akkreditatsiya talablari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu o‘quv kurslari ishtirokchilarga sinov protokollarini yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda standart operatsion tartiblarni bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini berdi.

2025-yil 4–5-fevral kunlari yana bir seminar o‘tkazildi. U laboratoriyalarda yuqori darajadagi sifat menejmenti tizimini tashkil qilishga bag‘ishlandi. Mashg‘ulot davomida metodlarni validatsiya qilish, namunalar olish amaliyoti va o‘lchovdagi noaniqliklarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Ishtirokchilar nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun laboratoriyada amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazdilar.

Umumiy hisobda 37 nafar texnik mutaxassis oziq-ovqat mahsulotlarida mikrobiologik ko‘rsatkichlar, pestitsidlar va aflatoksinlarni aniqlash bo‘yicha xalqaro sifat boshqaruvi standartlari hamda sinov protokollari asosida tayyorgarlikdan o‘tdi.

Oziq-ovqat xavfsizligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha bu faoliyatlar Yevropa Ittifoqining "O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.


USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech