Seminar JST doirasida bozorga kirish boʻyicha muzokaralarning mohiyatini ochib berdi

01.11.2023 733

Oʻzbekiston bozoriga kirish uchun belgilanadigan shartlar uning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlishining asosini tashkil etadi.

Jahon bankining World Integrated Trade Solution ma’lumotlar bazasi ma’lumotlariga koʻra, tovarlar savdosi Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining 54 foizidan ortig’ini tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, uning JST doirasida tovarlar sohasida olib borayotgan muzokaralaridagi imtiyoz va majburiyatlar Oʻzbekiston jahon iqtisodiyotiga qoʻshilganidan keyin uning iqtisodiyotini koʻp jihatdan shakllantiradi.

Global savdo tizimida xizmatlar va texnologiyaga yoʻnaltirilgan muammolarning eksponensial oʻsishi kuzatilayotgan boʻlsa-da, tovarlarning bozorlarga asosiy kirish imkoniyati mamlakatning JSTning boshqa a’zolari bilan a’zo boʻlish toʻg’risidagi bitimini mustahkamlovchi tayanch boʻlib qolmoqda.

Bozorga kirish mamlakatlar JST qoidalariga muvofiq bir-biri bilan savdo qilishga rozi boʻlgan asosiy tamoyillarini qoʻllab-quvvatlaydi. Ushbu asosiy tamoyillarga prognoz qilish imkoniyati, shaffoflik va ba’zi mamlakatlarni boshqalarga nisbatan afzal koʻrmaydigan adolatli raqobat kiradi. Ularning barchasi oʻsishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy islohotlarni ilgari surish va shu orqali mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshishga qaratilgandir.

Bozorga kirish uchun markaziy element JSTga a’zo boʻlayotgan mamlakat hukumati tashkilotga a’zo boʻlishdan oldin JSTdagi hamkorlari bilan muzokaralar olib boradigan majburiyatlar jadvali hisoblanadi. Ushbu jadvalda tovarlarni mamlakatga olib kirishda qoʻyiladigan tariflar belgilanadi.

Bosh muzokarachining ishtiroki

JST boʻyicha muzokaralarning ushbu asosiy jihatini ochib berish uchun XSM Oʻzbekistondagi mansabdor shaxslar va savdo birlashmalari mutaxassislari uchun uch kunlik oʻquv seminarini tashkil qildi.

Ushbu seminar 4-6 oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi va uni  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining JST masalalari boʻyicha maxsus vakili va bosh muzokarachi Azizbek Urunov ochib berdi.

Ishtirokchilarga JSTning kelib chiqish tarixi va faoliyati haqida umumiy ma’lumot  berildi. Shundan soʻng birinchi ikki kun davomida majburiyatlar jadvali va tovarlarning bozorga kirishini ta’minlash boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar olib borish tartibi kabi fundamental masalalar koʻrib chiqildi.

Seminarning so’nggi kuni gibrid formatda boʻlib oʻtdi, bu esa tomonlarning, jumladan, Tojikiston va Qozog’istonning asosiy vakillarining masofadan turib ishtirok etishiga imkon yaratib berdi. Ular oʻz mamlakatlarining bozorga kirish boʻyicha muzokaralar xususidagi tajribasi va muayyan muammolarni hal qilish boʻyicha qimmatli amaliy maslahatlar berdilar. Seminarda JST vakillari ham ishtirok etdilar va Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlish jarayonining holati haqida soʻnggi ma’lumotlarni berdilar.

Seminarda Prezident Administratsiyasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo; Adliya; Iqtisodiyot va moliya; Qishloq xoʻjaligi vazirliklari, Bojxona qoʻmitasi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi kabi tegishli davlat idoralari vakillari, shuningdek asosiy sanoat birlashmalari vakillari ham ishtirok etdilar.

Seminar Yevropa Ittifoqi tomonidan Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida moliyalashtirildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech