JSTga a’zolik va Qishloq xoʻjaligi: savdo muzokaralari qatnashchilarini soha bo‘yicha yuzaga keladigan muammolarni hal qilishga tayyorlash

03.11.2020 655

XSM bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar-trening JSTga a’zo bo‘lish mavzusiga bag‘ishlangan muzokaralarda qishloq xoʻjaligidagi og'riqli muammolarni hal qilish yuzasidan foydali natijalarga olib keldi, deb xabar beradi ICT News.

Qishloq xoʻjaligi sohasi – JST ga a’zo bo‘lish yuzasidan muzokara olib borayotgan mamlakatlar uchun murakkab, biroq hal qiluvchi masala hisoblanadi. Ko'pgina a'zo davlatlar qishloq xo'jaligini JST qoidalariga muvofiq ravishda rivojlantirishni oson bo‘lmagan vazifa sifatida ko‘riladi.

Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar Hukumatlarining soʻroviga binoan, 2020-yil 12-22-oktabr kunlari JST va Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi koʻmagida JSTning Qishloq xo‘jaligi to’g’risidagi bitimini o‘rganish bo‘yicha onlayn seminar trening tashkil etildi.

Seminar Tashkilotga kirish yuzasidan muzokaralarni yanada olgʻa siljitishga ko‘mak bergan tarzda, a’zolikdan keyingi majburiyatlarni sifatli ijrosi bo‘yicha bilim zahiralarni boyitdi.

Treningda JSTga a’zo bo‘lish jarayonining umumiy tavsifi va Qishloq xo‘jaligi to’g’risidagi bitimning atroflicha tavsifi o‘rganilib, agrar sohaga oid mavzular, jumladan, eksport subsidiyalari, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, tarif stavkalari kvotalari kabi mavzularda fikr yuritildi.

Sessiyalar Ozarbayjon, Belarus, Butan, Iroq, Serbiya, Janubiy Sudan, Sudan, Turkmaniston va O‘zbekiston kabi ko‘plab mamlakatlar vakillariga JSTga a’zo bo‘lish muzokaralarida qishloq xo‘jaligini muhim soha sifatida batafsil o‘rganib chiqishga xizmat qildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘z tajribalari o‘rtoqlashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Seminar-trening ishtirokchilarga maksimal darajada amaliy foyda keltirishi ko‘zda tutilgan. Seminarda JSTga a’zo bo‘lish va qishloq xoʻjaligi sohasi muzokaralari uchun bevosita mas'ul delegatlar ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Tadbirda qatnashish uchun, shuningdek, JSTning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha masofaviy o‘quv kursini tamomlash nazarda tutilgan edi.

Ishtirokchilardan biri, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bosh mutaxassisi Lolita Irgasheva treningda ulkan tajriba egallaganini ta’kidlab, tadbirni bitimning eng muhim tushunchalari bilan batafsil tanishib chiqish uchun noyob imkoniyat sifatida tasvirladi. Buning natijasida biz, siyosatchilar sifatida, qaysi yo‘nalishda olg‘a siljish zarurligini anglab olishga muvaffaq bo‘ldik, deydi L.Irgasheva fikri yakunida.

Bitim mohiyatini atroflicha ochib bergan dastur delegatlar manfaatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilib, dastur so‘nggida tashkilotchilar tomonidan trening ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech