Oʻzbekiston va Jahon Savdo Tashkiloti (JST): kelishuvlar ijrosiga tayyorgarlik

04.09.2020 787

ITC News xabariga koʻra, joriy yilning 11-13-avgust kunlari Xalqaro Savdo Markazi (XSM) tomonidan Oʻzbekistondagi tegishli tashkilotlarning yuqori lavozimli xodimlari uchun JSTning Savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlar (SSTT) hamda Sanitariya va fitosanitariya me’yorlari (SFS) toʻgʻrisidagi bitimlari qoidalariga bagʻishlangan intensiv onlayn seminar tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzstandart” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi kabi idoralarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari bilan yoʻlga qoʻyilgan samarali muloqot va amaliy mashgʻulotlar JSTning sohaga talluqli ikkita bitimini batafsil tushunishga hamda amalga oshirish boʻyicha tajriba almashishga xizmat qildi.

Ushbu bitimlarni amalga oshirishga tayyorgarlik Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi jarayoniga yoʻl ochadi.

“Oʻzstandart” agentligi Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Botir Allaevning taʼkidlashicha, mazkur tadbir Oʻzbekistonda JST kelishuvlari bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun foydali boʻlib, nafaqat tegishli bitimlarning tamoyillari va qoidalarini oʻrganish, balki xalqaro savdoning SSTT va SFS masalalari boʻyicha keng tushuncha egallashga imkon yaratadi.

Kelishuvlarga binoan, XSM Oʻzbekistonga standartlashtirish, texnik hujjatlar, muvofiqlikni baholash va SFS choralari boʻyicha yangilanayotgan milliy qonunchilikni qayta koʻrib chiqishni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi. Shu bilan birga, XSM tegishli institutlarni zamonaviy tajribalar asosida mustahkamlashga koʻmaklashadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, seminar tadbiri XSM tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Besh yillik mazkur loyihaning maqsadi Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga erishish orqali mamlakat iqtisodiyotni modernizatsiya qilish boʻyicha rivojlanish rejalarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech