O'zbekistonning xususiy sektori vakillari JSTning qishloq xo'jaligi qoidalari bo'yicha bilimlarini oshirdilar

24.03.2023 845

Mamlakat jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashganida korxonalar ba’zan salbiy ta’sirlardan hadiqsiraydi. Biroq, odatda, bu harakat bashorat qilinadigan, shaffof biznes muhiti savdoni barqarorlashtirish yordamida iqtisodiy salohiyatni ochishga yordam beradi. Ta’sirlarni tushuntirish tadbirkorlarga Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish jarayoniga tayyorlanish choralarini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borar ekan, xususiy sektorning ushbu jarayonga jalb qilinishi muvaffaqiyatli integratsiyani ta’minlaydi. JSTga a’zo bo‘lish muhim o‘zgarishlarga olib keladi, shuning uchun korxonalar global iqtisodiyotda ishtirok etishdan qanday samara olinishi va mumkin bo‘lgan foydalarni tushunishlari juda muhim hisoblanadi.

Shu maqsad yo‘lida Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan O‘zbekistonning to‘rt hududida JSTning qishloq xo‘jaligini tartibga soluvchi tartiblari bo‘yicha treninglarning ikkinchi raundi tashkil etildi.

 

O‘zbekiston uchun muhim sektor

O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jaligi muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, u O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining deyarli to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. Shuningdek, ishchi kuchining 28 foizi qishloq xo‘jaligida band qilingan. Bundan tashqari, FAO ma'lumotlariga ko‘ra, sektorning nochorlik va tengsizlikni yaxshilashda boshqa har qanday sohaga qaraganda samarasi yuqoriroqdir.

Qishloq xoʻjaligi JSTning boshqa aʼzolari uchun oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsiri tufayli strategik ahamiyatga ega. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi o‘zining murakkab, xususan, subsidiyalarga tegishli qoidalariga ega. Sanitariya va fitosanitariya (SFS) chora-tadbirlarini qo‘llash to‘g‘risidagi kelishuvi bo‘yicha alohida talablar to‘plami faqat qishloq xo‘jaligiga nisbatan qo‘llaniladi, chunki qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xavfsizligi, hayvonlar va o‘simliklar salomatligi xavfsizligi qoidalariga taalluqlidir.

JST masalalari bo’yicha xalqaro ekspert o‘tkazgan trening 11-18 yanvar kunlari Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tdi.

Trening JST tarixini ko‘rib chiqish bilan boshlandi va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Kelishuvni yaratish konteksti tasvirlab berildi. Mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini importdan himoya qilish uchun qo‘llayotgan choralari tushuntirildi. Eng keng tarqalgan choralardan biri importga qo'llaniladigan bojxona tariflardir. Aynan shu bojxona tariflarni JST tizimi sotiladigan tovarlar narxini vaqt o‘tishi bilan pasaytirish uchun dastlab chegaralash va asta-sekin kamaytirishni maqsad qilgan. Bu ularning ba’zi savdo sheriklarini boshqalardan ustun qo‘ymaydigan adolatli tarzda qo‘llanilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

 

Qishloq xo‘jaligi subsidiyalari 

Yashil quti, qahrabo rang quti va ko‘k qutida subsidiyalar haqida ma'lumotlar aks etgan.

Treninglarda maxsus va differensial rejim haqida ma'lumotlar berildi. Ushbu tamoyil rivojlanayotgan mamlakatlarga rivojlangan mamlakatlarga nisbatan “silliq” o‘tish uchun tariflarni pasaytirishning osonroq rejimlariga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bu ularning o‘zgarishlarga sezuvchanligi tufayli yuqori darajadagi bojxona tariflarni saqlab qolish imkonini beradi.

O‘quv mashg‘ulotlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalar, shuningdek, hududiy o‘simliklarni himoya qilish va karantini boshqarmalari, mahalliy hokimliklardan 90ga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

Keyingi modullar mart va aprel oylarida bo'lib o'tadi va boshqa asosiy kelishuvlarni qamrab oladi. SFS shartnomasi diqqat-e’tiborda bo‘ladi. Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi JST kelishuvi (STT kelishuvi) doirasida qamrab olingan va mamlakatlar qo‘llaydigan va importni qiyinlashtirishi mumkin deb hisoblangan kvotalar, tarif stavkalari kvotalari, litsenziyalash talablari va boshqa standartlari kabi choralardan iborat notarif choralar ko‘rib chiqiladi

Va nihoyat, agar O‘zbekiston subsidiyalangan importga duch kelsa yoki o‘z bozorida demping holati bo‘lgan deb hisoblasa, unga kompensatsiya choralari bo‘yicha modul taklif etiladi. Bular Dempingga qarshi kelishuv va Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to‘g‘risidagi kelishuvda o'z aksini topgan.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech