O‘zbekiston rasmiy vakillari ixtisoslashtirilgan trening yordamida Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish arafasida savdo sohasidagi bilimlarini mustahkamladilar.
Xalqaro Savdo Markazi (XSM) koʻmagida Oʻzbekistonning yetti nafar hukumat mulozimi Jahon Savdo Instituti (JSI) tomonidan 2023-yilning yanvar va fevral oylarida Shveysariyaning Bern shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Akademiyasi doirasida tashkil etilgan savdoga oid kurslarda ishtirok etdilar.
Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan XSM loyihasi doirasida Oʻzbekistonning JSTga aʻzo boʻlish jarayonida muzokaralar olib borish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Yetti nafar yuqori lavozimli shaxs Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining uchta boshqarmasi, jumladan tarif va tarifsiz tartibga solish choralari, JST va Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish bilan shugʻullannuvchi bo'limlarining vakillar edilar. Ular Qishki Akademiyaning quyidagi kurslarida qatnashdilar: chegara choralari va savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish sohasidagi JST huquqi, dempingga qarshi va himoya choralari, subsidiyalar va kompensatsiya choralari, xizmatlar savdosiga oid huquq va siyosat.
Kurslarni malakali mutaxassislar olib bordi. Kurs davomida olingan bilim mansabdor shaxslarga O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lganidan keyin tashkilot qoidalari va talablarini o‘z mas’uliyati doirasida amalda qo‘llash imkonini yaratadi.
Hamkasblar bilan muloqot imkoniyati
Rasmiylarning Berndagi ishtiroki ularga amaliy ko'nikmalardan tashqari xalqaro ekspertlar va boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblari bilan tanishish imkoniyatini ham berdi.
Trening Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan XSM loyihasi tomonidan tashkil etildi.
JSI xalqaro miqyosda ko‘p tarmoqli akademik markaz sifatida e'tirof etilgan va jahon savdosining olib borilishi va ta'siri mavzuida magistratura va aspirantura ta'limini rivojlantirishga qaratilgan.
Institut O‘zbekistonda savdoga yo‘naltirilgan bilimlarni shakllantirish bo‘yicha boshqa sa’y-harakatlarda ham ishtirok etgan. Oʻzbekiston rasmiylariga onlayn va joydagi treninglarni taklif qilishdan tashqari, XSM loyihasi doirasida JSI Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) da oʻqitiladigan maxsus savdo huquqi kursini ishlab chiqdi.