Jahon savdo tashkiloti (JST) mamlakatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni tartibga soluvchi juda murakkab va xilma-xil xalqaro huquqlar toʻplamiga ega tashkilot hisoblanadi. Shuning uchun ham, JSTga a’zo boʻlish oʻz-oʻzidan murakkab va koʻp qirrali jarayon boʻlib, unga a’zo boʻlgan hukumat va JSTning boshqa a’zolari oʻrtasidagi batafsil muzokaralarni oʻz ichiga oladi.
Bu jarayon juda uzoq vaqt talab qilishi mumkin va ham koʻp tomonlama, ham ikki tomonlama tarzda amalga oshiriladi. Jarayon aʼzo boʻlgan mamlakatlardan JST qonunchiligiga moslash uchun oʻzlarining milliy tartibga solish rejimiga tez-tez jiddiy islohotlar oʻtkazishni talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun kuchli va samarali ichki muvofiqlik tashkilot a’zosiga aylanish jarayonidagi asosiy omillardan biridir. Ushbu mashaqqatli va qiyin jarayonga qaramay, JSTga a’zo boʻlish a’zo mamlakatlar uchun ulkan foyda keltiradi.
Gap shundaki, JSTga a’zo boʻlish, siyosatning shaffofligini va JST qonunlariga muvofiqligini osonlashtiradi, savdoga toʻsiqlar oʻzboshimchalik bilan kiritilmaydi hamda JST mamlakatlari oʻrtasida savdo sohasida teng sharoit yaratiladi. Bu bozorga kirishni kuchaytiradi va narxlarni barqarorlashtiradi, bu esa mamlakatning iqtisodiy oʻsishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi boʻyicha muzokaralar davom etar ekan, Xalqaro savdo markazi (XSM) 2022-yil 27 va 28-yanvar kunlari tegishli davlat sektori vakillari bilan JSTga a’zolik talablari va jarayonlarini muhokama qilish uchun onlayn seminar tashkil qildi. Uchrashuv Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan moliyalashtiriladigan va XSM ijrochi hamkor hisoblangan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Birinchi kungi brifingning oʻzagini JSTga a’zolik boʻyicha muzokaralar mazmuni tashkil etdi. Ishtirokchilar Marrakesh shartnomasi, XII modda va JSTning 17 ta koʻp tomonlama majburiy savdo bitimlari bilan tartibga solinadigan JSTga a’zo boʻlishning umumiy sharhi bilan tanishtirildi. Taqdimot Qozogʻistonning JSTga a’zo boʻlish jarayonidagi tajribasi atrofiga qurildi va bu mamlakatn mazmunli taqqoslash uchun oʻxshash mamlakat vazifasini bajardi.
JSTning asosiy tamoyillari, ya’ni uning Eng ko’p qulaylik (EKQ), Milliy rejim (MR) va shaffoflik tamoyillari tushuntirildi. Shuningdek, ixtiyoriy koʻp tomonlama, majburiy koʻp tomonlama, shuningdek, ikki tomonlama darajadagi tashkilotga qoʻshilish jarayonining asosiy bosqichlari va jarayonning qatnashchilari haqida maʼlumot berildi. A’zolik boʻyicha hujjatlar paketining asosiylari koʻrib chiqildi hamda Oʻzbekistonning tashkilotga qoʻshilish jarayoni muzokaralaridagi pozitsiyasi boʻyicha ayrim tavsiyalar bilan brifingga yakun yasaldi.
Xizmatlar va qishloq xoʻjaligi sohasiga oid savollarga javob berildi. Muzokaralar natijalarini iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga moslashtirish uchun Oʻzbekiston tomoniga pragmatik yondashuv boʻyicha tavsiyalar berildi.
Milliy uygʻunlikni ta’minlash uchun idoralararo komissiya
Umuman olganda, JSTga a’zo boʻlish jarayonidagi qiyinchilik davlat agentliklarining barcha ma’lumotlarini muvofiqlashtirish va butun mamlakat uchun muvozanatli va adolatli natijani ta’minlash uchun barcha milliy manfaatlar – ham davlat, ham xususiy manfaatlarning teng darajada ifodalanishini ta’minlashdir.
Shu munosabat bilan 28-yanvar kuni boʻlib oʻtgan treningning ikkinchi kuni a’zolikka kirish jarayonida turli davlat idoralari va biznes hamkorlar oʻrtasidagi muvofiqlashtirishning “nima” va “qanday” degan jihatlariga qaratildi. Muhokamalarda JST va uning tuzilmasi, maqsad va faoliyati boʻyicha Idoralararo komissiya (IK) toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Dastlab sessiya Qozogʻistonning JSTga a’zo boʻlish jarayoni turli davlat idoralari oʻrtasida qanday muvofiqlashtirilganligini oʻrganishga bagʻishlandi. Qozogʻiston hukumati, shuningdek, milliy manfaatlarning yaxlit ifodalanishini nazorat qilish uchun Idoralararo komissiya – Qozogʻistonning Savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlardagi ishtiroki boʻyicha IK tuzdi.
Bu Oʻzbekiston tomonidan xuddi shunday funksiyani bajarish uchun, xususan, muzokaralarning asosiy tarmoqlari boʻyicha ishchi guruhlarni tashkil etish orqali yaratilgan IK tuzishni muhokama qilish uchun zamin yaratdi. Turli davlat organlari, soʻngra xususiy sektor vakillari bilan kelishuv va bitimlarga erishish jarayoni tushuntirildi.
Seminarning qonunchilik masalalariga bagʻishlangan qismida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida tashqi savdo va xorijiy investitsiyalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boʻyicha ekspert kengashini tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Kengashga amaldagi va qabul qilingan qonun hujjatlarini JST qoidalariga muvofiqligini taʼminlash nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqish vazifasi yuklatildi.
Ikki kunlik treningda 37 nafar ishtirokchi qatnashdi. Seminar davomida Oʻzbekistonning JSTga a’zolik boʻyicha muzokaralariga rahbarlik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) ham faol darajada ishtirok etdi. Treningda ishtirok etgan boshqa vazirlik va idoralar quyidagilar: