Oʻzbekistonning bozorga kirish jarayonidagi muzokaralar salohiyatini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etildi

26.02.2024 499

2024-yil 9-fevralda o‘tkazilgan bir kunlik o‘quv kursi savdo muzokaralari ishtirokchilari va mutasadilarning JST Kotibiyati ekspertlari yordamida JST doirasida bozorga kirish masalalari bo‘yicha malakalarini oshirishga zamin yaratdi.

O‘quv seminari Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida uzoq muddatli institutsional savdo salohiyatini ragʻbatlantirish uchun XSM bilan birgalikda savdo muzokaralari ishtirokchilari va mutasadilar uchun 2024-yil yanvar oyida tashkil etilgan “Savdo siyosati boʻyicha oʻquv kursi 2024” dasturining bir qismidir. Dastur XSM tomonidan Toshkent shahridagi Jahon Iqtisodiyoti da Diplomatiya Universiteti (JIDU) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va universitet binosida o‘tkazilmoqda.

JST Kotibiyati savdo sohasidagi ushbu oʻquv kursini amalga oshirishda “JST kafedralari” dasturi (“WTO Chairs Programme”) orqali XSM bilan hamkorlik qilmoqda. O‘tgan hafta dasturning uchinchi kursi bo‘lib o‘tdi, uni JST Kotibiyatining Bozorga kirish bo‘limining uchta mutaxassisi olib bordi. Janob Roy Santana bozorga kirish va tarif bo‘yicha muzokaralar modulini taqdim etdi, janob Saymon Neumuller tarifsiz choralar va miqdoriy cheklovlarni ko‘rib chiqdi, Irina Tarasenko xonim importni litsenziyalash tartib-qoidalari haqida tushuncha berdi.

JIDU fakulteti dekani janob Umid Yakubkhodjaev JST doirasida bozorga kirish bo‘yicha muhokamalarda faol ishtirok etib, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlarini batafsil ochib berdi.

JST kafedralari dasturi doirasidagi hamkorlik

JST Kotibiyati mutaxassislarining ishtiroki rivojlanayotgan mamlakatlardagi ilmiy xodimlar va mutasadilarining global savdo tizimi haqidagi bilim va tushunchalarini oshirish maqsadida 2010 yilda JST tomonidan tashkil etilgan “JST kafedralari” dasturi (“WTO Chairs Programme”) doirasida tashkil etildi. JIDU ushbu dasturga 2022 yilda a’zo bo‘lgan.

JST ekspertlari ushbu oʻquv kursi ishtirokchilari uchun Jenevadan onlayn taqdimotlar o‘tkazdilar.

Dasturning dastlabki ikki kursi JSTning tovarlar va xizmatlar savdosi, intellektual mulk va nizolarni hal etish sohalaridagi asoslarga bag‘ishlangan bo‘lsa, uchinchi kursda tovar bozorlariga kirishning asosiy jihatlari yoritildi. Bozorga kirish JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarning asoslaridan biri hisoblanadi, chunki u jahon savdo tizimiga qo‘shilgandan so‘ng mamlakatga kirib keladigan importga qo‘yiladigan shartlarni belgilaydi. Shuning uchun muzokarachilar va boshqa tegishli hukumat mutasadilari bozorga kirishning ko‘plab tushunchalari bilan tanish bo‘lishi juda muhimdir.

Kursda 35 ga yaqin mutaxassislar, jumladan Oʻzbekiston muzokara jamoasi aʼzolari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, shuningdek, boshqa muassasa vakillari, hamda JIDU talabalari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning fikr-mulohazalari: “Oʻquv seminari JST doirasida bozorga kirish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etib, muzokaralar olib borish ko‘nikmalarimizni oshirdi. A’zo boʻlish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borish uchun tarif va notarif choralari, xususan miqdoriy cheklovlar va boshqa muhim elementlar haqida batafsil ma’lumot oldik”.

Shu bilan bir qatorda, ishtirokchilar me’yoriy-huquqiy bazani tushunish va savdo operatsiyalarini soddalashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan importni litsenziyalash tartib-qoidalaridan xabardor bo‘lishdi.

O‘quv kursi XSM tomonidan Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Dastur haqida qoʻshimcha maʼlumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://intracen.org/news-and-events/news/landmark-wto-training-programme-launches-for-uzbek-policymakers


USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech