Mutasadilar uchun JST bo‘yicha muhim o‘quv dasturi ish boshladi

08.02.2024 719

Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) davlat mutasadilari uchun savdo siyosati bo‘yicha kompleks o‘quv dasturini taqdim etadi. Dasturning maqsadi O‘zbekistonning tashqi savdo sohasida uzoq muddatli institutsional salohiyatini oshirishdan iborat.

2024-yil 27-yanvarda JIDU Xalqaro savdo markazi (XSM) bilan birgalikda Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan bog‘liq mavzular bo‘yicha 11 kursdan iborat o‘quv dasturini ishga tushirdi. JIDU professorlari bilan bir qatorda xalqaro savdo ekspertlari tomonidan o‘qitiladigan dastur O‘zbekistondagi muzokarachilar, hukumat vakillari va boshqa mutasadilar uchun mo‘ljallangan. O‘quv mashg‘ulotlari keyingi to‘rt oy davomida bo‘lib o‘tadi va JST masalalarini har tomonlama tushunish imkonini beradi.

Mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida milliy siyosat va qonunchilikni JST talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha institutsional salohiyatni oshirish ko‘p tomonlama savdo tizimiga qo‘shilishdan manfaat olishda muhim ahamiyatga ega. Dastur JSTning savdo sohasidagi murakkab masalalari bo‘yicha bilimlarni oshirish imkonini beradi.

JIDU ushbu vazifani amalga oshirish uchun to‘liq ta’minlangan

2022-yilda Berndagi mashhur Jahon savdo instituti (WTI) Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida talabalar uchun JST huquqi va amaliyoti boʻyicha JIDU uchun maxsus kurs ishlab chiqdi. Institut kelajakda ushbu kursdan dars berishlari uchun JIDU o‘qituvchilarini intensiv treninglar orqali malakasini oshirdi.

Shunday qilib, JIDUda savdo siyosati mutaxassislarining yangi avlodi uchun akademik poydevor yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha  sharoitlar mavjud.

Dastur Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishida muhim voqea boʻldi, dedi Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasining Ma’sul vakili Tomas Ue ochilish marosimida.

Janob Uening ta'kidlashicha, global savdoning tobora murakkablashib borayotgan texnologik taraqqiyot  davrida "salohiyatni doimiy oshirish juda muhim".

Savdo bo‘yicha faxriy mutaxassis birinchi darslarni o‘tkazdi

King&Spalding yuridik firmasining katta maslahatchisi Hamid Mamduh tomonidan taqdim etilgan kurslarning dastlabki ikki kunida 40 ga yaqin tinglovchilar qatnashdi. Birinchi kun diskriminatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikning asosiy tamoyillariga (eng ko‘p qulaylik va milliy rejim) va JSTning asosiy bitimlariga bag‘ishlandi. Kursda JST savdosining uchta keng qamrovli yo‘nalishi: tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk bo‘yicha bitimlar haqida qisqacha ma’lumot berildi. Kurs, shuningdek, nizolarni hal qilish va hukumatning tashqi savdo siyosatini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oldi.

28 yanvar kuni xizmatlar savdosi (GATS) asoslari va savdo bilan bog‘liq investitsiya choralari (TRIMS) masalalari muhokama qilindi.

Seminarda muvaffaqiyatli islohotlarni ta’minlash va O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu kurs nafaqat mutasadilar uchun foydali bo‘ladi. JIDU fakulteti dekani hamda JST huquqi dasturi professori Umid Yakubkhodjaev turli kurslar mustaqil ekspertlar uchun ham ochiq bo‘lishini ta’kidladi.

Loyiha haqida

XSM Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshiruvchi hamkori hisoblanadi. Ushbu tashabbus O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralariga ko‘maklashadi va uning qoidalarini amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Loyihaning maqsadi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishdan iboratdir.


USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech