XSM O‘zbekiston uchun oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi bo‘yicha yangi qoidalarni ishlab chiqishda erishilgan muhim yutuqlarni qo‘llab-quvvatlaydi

08.04.2024 716

Hukumat mutasadilari va qonun chiqaruvchi organ vakillari Xalqaro Savdo Markazi (XSM) bilan hamkorlikda O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqib muhokama qilishdi. Yangi qonun loyihasi oziq-ovqat importi xavfsizligini ta’minlaydi, shuningdek, mamlakatning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayonini osonlashtiradi.

Savdoni tartibga soluvchi qoidalarning asosiy ustuvor yo‘nalishi iste’molchilarning farovonligi hisoblanadi. Bu, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari savdosida muhim ahamiyatga ega.

2023 yilda XSM O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini tartibga soluvchi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishda ko‘maklashdi. Mamlakat JSTga a’zo bo‘lganda, oziq-ovqat nazorati standartlari va qoidalarini global talablarga muvofiqlashtirish uchun ushbu yangi qonun loyihasini qabul qilishi lozim bo‘ladi.

Ushbu jarayonni tezlashtirish maqsadida 29-mart kuni XSM O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, oziq-ovqat nazorati organlari rahbarlari va texnik mutaxassislari bilan yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqish va uning kuchga kirishining oqibatlarini tushunishga yordam berish maqsadida ekspert bilan uchrashuvni tashkil qildi. Ishtirokchilarga oziq-ovqat xavfsizligining zamonaviy tamoyillari haqida ma’lumot berildi.

JSTda maxsus qoidalar to‘plami mavjud - Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitim (SPS) - bu a’zo davlatlarga oziq-ovqat xavfsizligini kafolatlash, hayvonlar va o‘simliklar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini joriy etish huquqini beradi. Shu bilan birga, u bunday choralar haddan tashqari proteksionistik bo‘lmasligi va savdoga to‘sqinlik qilmasligini ta’minlashga intiladi.

JSTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar oziq-ovqat qonunchiligini SPS kelishuviga muvofiqlashtirishi, shuningdek, tegishli xalqaro standartlarga rioya qilishlari kerak. Ular keng qamrovli standartlarni - maqbul sanitariya-gigiena amaliyotlari va ishlab chiqarish amaliyotlarini nazorat qilishdan tortib, mahsulotni markirovka qilish va iste’molchini xabardor qilishgacha qamrab oladi.

Yangi xavf-xatar va tendensiyalar

So‘nggi paytlarda mahalliylashtirish, raqamlashtirish va onlayn xaridlarning kuchayishi kabi yangi tendensiyalar tufayli oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini nazorat qilish yanada murakkablashdi. Shuningdek, u mikroblarga qarshi chidamlilik va iqlim o‘zgarishi kabi yangi xavflarga duch keladi. Bu xavfsizlik nazorati yanada murakkablashganini va takomillashganini anglatadi.

25-27 mart kunlari akademiklar/olimlar, oziq-ovqat sanoati vakillari va ushbu sohadagi texnik mutaxassislar uchun oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish bo‘yicha so‘nggi amaliyotlar haqida tushunchalarini oshirish maqsadida uch kunlik o‘quv seminari bilan to‘ldirildi.

Ishtirokchilar Xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (Hazard Analysis Critical Control Point (HACCP)) – bugungi kunda ko‘pchilik mamlakatlarda qo‘llanilayotgan oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish HACCP tizimi haqida bilib oldilar. HACCP xavflarni aniqlash va nazorat qilish orqali xavfsiz oziq-ovqat ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Uning tamoyillari Alimentarius kodeksi (Codex Alimentarius) komissiyasi tomonidan standartlashtirilgan va ko‘plab mamlakatlarda majburiy qonuniy talablarga aylangan.

15 ta qisqa moduldan iborat boʻlgan seminarda HACCP tizimining tuzilishi, unga asos boʻlgan yetti tamoyil va texnik jarayonlar yoritilgan. Mutaxassislar qoidalar kuchga kirganidan so‘ng ularni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan bilimlarni oldilar. Akademiklarning ishtiroki bu bilimlarning savdo huquqi va amaliyoti o‘quv dasturlariga kiritilishini va universitet darajasida tizimli institutsional bilimlarni ishlab chiqishga yordam berishini anglatadi.

Seminarning ikkinchi bosqichi oziq-ovqat xavfsizligini davlat tomonidan nazorat qilishda xavf-xatarga asoslangan yondashuvga qaratildi.

Ishlab chiqish jarayonidagi qonun loyihalari

Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish choralarini JST talablariga muvofiqlashtirish yo‘lida O‘zbekiston XSM yordamida yana boshqa asosiy qonun hujjatlarini ishlab chiqmoqda.

Xususan, JSTning shaffoflik tamoyilini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lganidan keyin hayvonlar va o‘simliklar salomatligi xavfsizligi bo‘yicha boshqa mamlakatlardan kelib tushgan so‘rovlarni qayta ishlash tuzilmalarini yaratish bo‘yicha qonunchilik ustida ishlamoqda. Ushbu tuzilmalar SFS bo‘yicha Milliy xabar berish vakolatli organi va Milliy axborot almashish markazi deb ataladi. 

Bundan tashqari, hayvonlar va o‘simliklar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha JSTning asosiy hujjatlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ular mamlakatning xalqaro SFS standartlari va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, SFS texnik terminologiyasini milliy tilda standartlashtirishga yordam beradi.

XSM tomonidan muvofiqlashtirilgan ko‘mak Yevropa Ittifoqi tomonidan “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida moliyalashtirildi. Ushbu besh yillik tashabbus O‘zbekistonning muzokaralar jarayonini qo‘llab-quvvatlash va JST kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha texnik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech