Jahon Savdo Tashkilotining Savdo-sotiqni soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimi ijrosini taʼminlash orqali Oʻzbekistonda savdoni yengillashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish yoʻllari

20.10.2020 796

Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) toʻlaqonli aʼzoga aylanish yoʻlidagi eng jiddiy vazifalardan biri JST Savdo-sotiqni soddalashtirish toʻgʻrisidagi bitimi (SSSTB) bilan muvofiqlikni taʼminlashdir. Bu birmuncha murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki SSSTBning kuchga kirishi JSTning barcha aʼzolari uchun transchegaraviy muhitning shaffofligi, bashoratlilik, adolatlilik va samaradorligini oshirish boʻyicha muqarrar majburiyatlarni keltirib chiqaradi. Biroq, kerakli islohotlarni joriy etish Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ulkan ijobiy taʼsir koʻrsatishi kutilmoqda: SSSTBga rioya qilish xarajatlarni kamaytirgan holda, transchegaraviy savdo jarayonlarining tezlik maromi va samaradorligini oshiradi.

Oʻzbekistonni keng koʻlamli savdo islohotlarini amalga oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarida qoʻllab-quvvatlash maqsadida Yevropa Ittifoqi (YI) va Xalqaro Savdo Markazi (XSM) tegishli davlat va xususiy sektorning manfaatdor ishtirokchilarini toʻplagan holda 5 kunlik onlayn seminar o‘tkazdi . Ushbu seminar XSM tomonidan milliy hamkorlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan Oʻzbekistonni savdoni yengillashtirish jarayonini qoʻllab-quvvatlashga doir ikkita loyiha doirasida tashkil qilindi.

Birinchi loyiha – “Ready4Trade – Central Asia” loyihasi bo’lib, u transchegaraviy tartibga solish boʻyicha talablarning shaffofligini yaxshilash, savdodagi tartibga solish va protsessual toʻsiqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subʼektlarining savdo rasmiyatchiligi va standartlariga rioya qilish imkoniyatlarini kuchaytirish, tashqi elektron savdoni rivojlantirishga qaratilgandir.

Ikkinchi, ya’ni “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasidan asosiy maqsadi savdo-sotiqni soddalashtirish boʻyicha Milliy qoʻmita (SSSBMQ) ishini mustahkamlash va faollashtirish hamda milliy qonunchilikni SSSTB bilan muvofiqlashtirish ishlariga hissa qoʻshishdan iborat.

Oʻtib borayotgan haftada tashkil etilgan seminar quyidagi maqsadarga yo’naltirildi:

  • Seminarda ishtirok etayotgan manfaatdor tomonlarga SSSTB, uning joriy etilishi oqibatlari va xususan, xususiy sektor uchun kutilayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqida batafsil tushuncha berish va Oʻzbekistonning SSSTB qoidalariga amal qilish darajasi boʻyicha joriy holatini aniqlash.
  • Ishtirokchilarning savdoni yengillashtirish ishlarini muvofiqlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida SSSBMQ faoliyatini barqarorlashtirish va kerakli vositalar haqida bilimlarini oshirish.

Ta’kidlash joizki, SSSBMQ mamlakatga zarur huquqiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga koʻmak berishda muhim rol oʻynaydi. Shu maqsadda Davlat bojxona qoʻmitasi (DBQ) ITSV muvofiqlashtiruvi boshchiligida savdo-sotiqni soddalashtirish boʻyicha umumiy platformani joriy etish yuzasidan asosiy hamkor etib belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bosh mutaxassisi Lolita Irgashevaning taʼkidlashicha, seminar, tom maʼnoda, ishtirokchilarning salohiyatini oshirish boʻyicha muhim mashgʻulot vazifasini oʻtadi.

  • Seminar mashgʻulotlari davomida koʻrsatilgan yordam uchun oʻzimning chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, fikrimcha, seminarimiz ishtirokchilarning barchasi uchun foydali va tushunarli boʻldi. Mutaxassislar SSSTB kelishuvining muhim jihatlarini yoritib berishga alohida eʼtibor qaratdilar, deydi L.Irgasheva fikrlarini bayon qilar ekan.

Mazkur onlayn seminar, shuningdek, islohotlar rejasini ishlab chiqishda biznes hamjamiyatini, shu jumladan, ayollar yetakchiligidagi korxonalarni doimiy ravishda jalb qilish zaruriyatini alohida koʻrsatib berdi. Qolaversa, ishtirokchilar savdoni yengillashtirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish, SSSBMQ faoliyatini yoʻlga qoʻyish va belgilab olingan chora-tadbirlar uchun batafsil ish rejasini rivojlantirish boʻyicha keyingi ehtimoliy qadamlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan joriy iqtisodiy holat qonunchilikdagi mazkur tuzatishlarni, xususan, muhim tovarlar va xizmatlar oqimini yengillashtirish, shu bilan birga, Oʻzbekistonga pandemiyaning keskin iqtisodiy oqibatlarini boshqarishda yordam berish uchun har qachongidan ham dolzarbroq va muhimroq ekanini koʻrsatmoqda.

 

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech