O‘zbekistonlik hukumat vakillari va talabalar savdoni himoya qilish choralari bo‘yicha bilimlarini oshirmoqda

05.04.2024 585

Texnik mutaxassislar va talabalar Xalqaro Savdo Markazi (XSM) va Toshkent universiteti hamkorligida tashkil etilgan treningda savdoda himoya choralari ustida ish boshlash, tekshirish va qo‘llashni o‘rgandilar.

Mamlakatlar JSTga ochiq savdoning foydasi uning xavf-xatarlaridan ko‘proq ekanligidan xabardor bo‘lgan holda a’zo bo‘lishadi.

Biroq, import mahalliy sanoatga zarar yetkazishi mumkin. Zarar adolatsiz savdo amaliyoti yoki importning keskin ko‘payishi oqibatida yuzaga kelgan hollarda, JST a’zolarga savdoni himoya qilish choralari orqali o‘z tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

Bu choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilib, adolatsiz raqobatdan saqlaydi va yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

XSM 26-27 mart kunlari ikki kunlik intensiv kursni tashkil qildi, undan soʻng JSTga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar guruhi aʼzolari bilan ikki kunlik texnik munozaralar boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbiralrda ishtirokchilar savdoni himoya qilish choralari boʻyicha xabardor etildi.

Trening XSM tomonidan tashkil etilgan Savdo siyosati boʻyicha oʻquv dasturining beshinchi kursi boʻldi. Bu JSTga a’zo bo‘lishga intilayotgan O‘zbekistonga JST mavzulari bo‘yicha chuqur bilimlar berish yoʻlida olib borilayotgan sa’y-harakatlarning bir qismidir.

Adolatsiz savdo yoki yangi mahalliy sanoat tarmoqlarini himoya qilish

Savdodagi himoya choralari hukumatlar tomonidan uchta mumkin bo‘lgan holatda importga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Birinchi ikki holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazadigan adolatsiz savdo amaliyotlarini o‘z ichiga oladi. Agar import demping yoki subsidiyalangan bo‘lsa va raqobat qilayotgan mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlariga zarar yetkazsa, tegishli ravishda antidemping va kompensatsiya choralari qo‘llanilishi mumkin.

Savdoni himoya qilishning uchinchi toifasi - mahalliy sanoatga jiddiy zarar yetkazadigan yoki keltirishi mumkin bo‘lgan import qilinadigan tovarlar sonining keskin ko‘payishi bilan bog‘liq. Bunday holda, zarar adolatsiz savdo amaliyotiga bog‘liq emas. Aksincha, savdoda himoya qilish choralarini joriy etish orqali mahalliy sanoatni barqarorlashtirish uchun qo‘llaniladigan favqulodda choralardir.

Shunday qilib, O‘zbekistonda savdoni himoya qilish sohasida mustahkam salohiyatini shakllantirish mamlakatning savdo manfaatlarini himoya qilish va adolatli raqobatni ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.

Trening davomida ishtirokchilar himoya choralarini tartibga soluvchi uchta bitim bilan tanishdilar. Ular demping, subsidiya va zarar marjalarini hisoblashda qoʻllaniladigan formulalar va ularni qanday qo‘llash haqida bilib oldilar. Nazariy bilimlar bir nechta amaliy misollar bilan tasvirlab berildi va real hayot senariylarini simulyatsiya qilish orqali amaliy tajriba to‘plandi.

Trening JIDU binosida va onlayn tarzda o‘tkazildi.

20 nafar ishtirokchining aksariyati savdoni himoya qilish choralari qo‘llash bo‘yicha yangi organlar faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan texnik mutaxassislar edi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida taskil etilgan treningdan JIDU talabalari ham manfaatdor bo‘ldi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech