Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi yoʻlida standartlar boʻyicha maxsus bilimlar haqida ma’lumot berildi

03.11.2023 721

Texnik mutaxassislar uchun moʻljallangan maxsus seminarlar turkumi xalqaro standartlarni qabul qilish uchun muhim boʻlgan bilimlarni shakllantirishga yordam berdi.

Xalqaro standartlar global savdo ishtirokchilari uchun muhim koʻrsatkichdir. Tegishli xalqaro tashkilotlar tomonidan joriy etiladigan bu standartlar mahsulotlarning xavfsizligi va sifatini ta’minlaydi va yanada samarali va tejamkor amaliyotlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Jahon miqyosida xalqaro standartlar qanchalik koʻp qoʻllanilsa va tan olinsa, ular keraksiz transchegaraviy qoidalar yukini kamaytirishga shunchalik koʻp yordam beradi. Bundan tashqari, agar mamlakat ularga amal qilsa, uning ishlab chiqaruvchilari jahon bozorlarida savdo qilishlari mumkin boʻladi.

Texnik reglamentlar sohasida JST a’zolari Savdodagi texnik toʻsiqlar (STT) kelishuvi doirasidagi qoidalar va talablarga rioya qilish majburiyatini oladilar. Bu shuni anglatadiki, Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlgach, u amalda jahon texnik standartlariga rioya qilishi kerak boʻladi.

Ixtisoslashtirilgan seminarlar turkumi

2023 yilning iyul-oktabr oylari orasida XSM Oʻzbekistondagi shu kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi tegishli idoralarning texnik bilim va malakalarini rivojlantirish boʻyicha bir qator seminarlar oʻtkazdi. Sohaning asosiy jihatlarini qamrab oluvchi beshta modul taklif qilindi.

Birinchi modulda turli xalqaro standartlar va ularning qoʻllanish doirasi koʻrib chiqildi, soʻngra esa standartlarning afzalliklari va ular Birlashgan millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga qanday erishish mumkinligi borasida modul muhokama qilindi. Uchinchi modul Yevropa standartlashtirish tizimiga bag’ishlandi, chunki Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning muhim savdo hamkori hisoblanadi.

Toʻrtinchi modulda xalqaro standartlarni qabul qilish jarayoni ochib berildi. Va oxirgi modulda standartlarni ishlab chiqishdagi ilg’or tajribalar va milliy standartlashtirish organlarini moliyalashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Milliy standartlashtirish organlari milliy standartlarni ishlab chiqadigan agentlik hisoblanadilar. Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar standartlashtirish boʻyicha xalqaro organlar tomonidan standartlarni belgilash jarayonlarida "oʻz resurslari doirasida toʻliq rol oʻynashi" kutilayotganligi sababli, milliy standartlashtirish organlari mamlakatning ushbu talabini bajarishini ta’minlashga yordam beradi.

Biroq, bu organlarning huquqiy maqomi davlatga qarashli boʻlishdan tortib to toʻliq xususiygacha boʻlishi mumkin. Bu ularning daromad modellari ham farqlanishini anglatadi. Treningning soʻnggi bosqichida muayyan misollar tahlilidan foydalanib milliy standartlashtirish organlarining moliyalashtirish modellari ochib berildi va standartlar bilan bog’liq intellektual mulk huquqlari tushuntirildi.

Ishtirokchilar, shuningdek, xalqaro standartlarni ishlab chiqishga asos boʻladigan oltita tamoyil bilan tanishdilar va ularning e’tiboriga JST ISO standartlari axborot portali taqdim etildi. Ushbu portalda STT kelishuvining Yaxshi amaliyotlar kodeksining ishtirokchisi boʻlgan barcha standartlashtirish organlarning roʻyxati va ularning faoliyat dasturlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Seminarlar turkumining turli modullarida 300ga yaqin texnik mutaxassislar, jumladan, ularning ba’zilari bir nechta modullarda ishtirok etdi. Seminar oldidan va seminardan keyin oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari ishtirokchilarning xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha bilimlari 84 foizga yaxshilanganini koʻrsatdi.

Trening barcha sohadagi texnik agentliklar, jumladan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Standartlar instituti va Milliy metrologiya instituti uchun foydali boʻldi. Universitetlar tegishli kafedralarining professor-oʻqituvchilari ham treninglarda qatnashish imkoniga ega boʻldilar.

Seminarlar turkumi Yevropa Ittifoqi tomonidan Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish loyihasi doirasida moliyalashtirildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech