O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini ko‘maklashuvchi loyiha faoliyatini kuchaytirish uchun jihozlar xarid qilindi

11.02.2022 676

Yevropa Ittifoqi (YI) “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish masalalari bilan shugʻullanuvchi jamoasini kuchaytirish uchun axborot texnologiyalari vositalari toʻplamini xarid qilishga istisno tariqasida ruxsat berdi.

Loyiha Oʻzbekiston muzokarachilariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) va boshqa davlat idoralariga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralarga tayyorgarlik koʻrish va unda ishtirok etish hamda ichki siyosatni isloh qilishda koʻmak beradi.

XSM loyiha ijrochi hamkor sifatida ishtirok etadigan, YI tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha, shuningdek, JST qoidalari va tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar borasida hukumat amaldorlari o‘rtasida texnik salohiyat va tajribani oshirishda asosiy vosita hisoblanadi.

Axborot qurilmalariga so‘rov loyiha hamkorlaridan loyiha faoliyatini amalga oshirish hamda muzokaralarda ishtirok etishni osonlashtirish maqsadida kelib tushgan.

Xaridlar videokonferensaloqa uskunalari, shuningdek, ikkita noutbuk, to‘rtta stol kompyuteri, to‘rtta iPad, ikkita printer va hujjat tikuvchi uskun kabi ofis jihozlarini o‘z ichiga oladi.
Dastlabki loyiha hujjatlarida IT-qurilmalar bilan taʼminlash koʻzda tutilmagan boʻlsa-da, xaridlar faqat Toshkent shahridagi muzokaralar guruhi va yordamchi xizmatlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun taqdim etilgan. Masalan, videokonferensaloqa uskunalari muzokaralar va boshqa strategik uchrashuvlarda masofaviy ishtirok etishni sezilarli darajada osonlashtiradi – bu koronavirus pandemiyasi sharoitida davr taqozosi hisoblanadi.

Qurilmalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi tomonidan Toshkent shahrida to‘liq tender tartibida xarid qilindi, ta’minotchi shaffoflik, adolat va samarali raqobat tamoyillariga muvofiq raqobat asosida tanlab olindi.

IT qurilmalari va uskunalari 2022-yil yanvar oyida muvaffaqiyatli xarid qilindi va barcha qurilmalar Yevropa Ittifoqi va loyiha logotipi bilan markalandi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech