JSTga a’zo bo‘lish Markaziy Osiyoning integratsiyalashuviga yordam berishi mumkin

06.07.2023 802

O‘zbekiston jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishga tayyor ekan, JSTga a’zo bo‘lish Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy integratsiyasi uchun asos ham bo‘lishi mumkin.

Markaziy Osiyoning beshta mamlakati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ular o‘z savdo qoidalari va tartib-taomillarini uyg‘unlashtirgan taqdirda  mustahkamlanishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 8- va 9- iyun kunlari bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi tadbir - Ostona xalqaro forumida so‘z bordi.

U bilan bir paytda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - ko‘p tomonlama savdo tizimida: JSTga a’zo bo‘lis istiqbollari” nomli sessiyada mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiya masalalari hamda mintaqaviy barqarorlik va aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi. Sessiya Qozogʻiston hukumati, Jahon savdo tashkiloti (JST) va Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan  birgalikda tashkil etildi.

JSTga a’zo bo‘lish orqali ta’minlanadigan tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatining bashorat qilina olinishi xorijiy korxonalarni mintaqaga sarmoya kiritishga jalb qilishga yordam beradi. Munozara ishtirokchilari bu texnik yangiliklar bilan o‘rtoqlashishga ham hissa qo‘shishi mumkin ekanligini tushuntirib berishdi.

Munozarani JSTga a’zo bo‘lish bo‘limi direktori Mayka Oshikava olib bordi.

Muhokamada Qozog‘iston va Tojikistonning ikki nafar yuqori martabali amaldori ishtirok etib, o‘z mamlakatlarining JSTga a’zo bo‘lish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Elchi Janar Aytjanova Qozog‘istonning JSTdagi doimiy vakilidir. U Qozog‘istonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonida mamlakatning bosh muzokarachisi boʻlgan.

Nuriddinzoda Ahliddin Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazir o‘rinbosaridir.

Ular Oʻzbekiston va Turkmanistonni JSTga aʼzo boʻlish jarayonida qoʻllab-quvvatlashga va’da berdilar.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston Prezidentining JST masalalari boʻyicha maxsus vakili va mamlakatning bosh muzokarachisi Azizbek Urunov hamda Turkmaniston Tashqi iqtisodiy faoloyat davlat banki boshqaruvi raisi Rahimberdi Jepbarov oʻz mamlakatlarining JSTga aʼzo boʻlish jarayonlari boʻyicha yangi maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar va  JSTga aʼzo boʻlish niyatlarini tasdiqladilar.

XSMning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va biznes siyosati dasturi kichik xodimi Darya Karman Markaziy Osiyo respublikalari (davlatlari) o‘rtasidagi savdo aloqalari bo‘yicha umumiy ma’lumot berdi.

Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasida savdo hajmi hali ham yetarli darajada emas

Uning xabar berishicha, Markaziy Osiyo respublikalari (MOR) oʻrtasidagi savdo umumiy savdo hajmining atigi 10 foizini tashkil qiladi, vaholanki ular savdo aylanmasining asosiy qismi Xitoy, Yevropa Ittifoqi va Rossiyaga toʻgʻri keladi. Avtomobil importining uchdan ikki qismi va ular eksportining 57 foizi ushbu uch hamkorga to‘g‘ri keladi.

JSTga a’zo boʻlish orqali mintaqaviy integratsiya yaxshilanadi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston allaqachon Xalqaro savdo tashkilotining aʼzolaridir. Turkmanistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni endigina boshlandi, O‘zbekistonning a’zo bo‘lish jarayoni esa qizg‘in pallada. Bu har ikki jarayon ham XSM ko‘magida amalga oshirilmoqda va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Loyiha to‘g‘risida

XSM tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi O‘zbekistonga   muzokaralarda o‘z pozitsiyasini shakllantirishga, shuningdek, tegishli qonunlar va siyosatni JST talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqishga yordam beradi, mansabdor shaxslarga JST talablariga rioya qilish imkonini berish uchun  texnik salohiyatini oshiradi, xususiy korxonalar va fuqarolik jamiyatining kelgusida JSTga aʼzo boʻlish toʻgʻrisida xabardorligini oshiradi.

Markaziy Osiyoning beshta mamlakatida, shu jumladan Turkmanistonda, amalga oshirilayotgan R4TCA mintaqaviy tashabbusi doirasida JSTga a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralarni boshlash maqsadida Turkmaniston hukumati amaldorlarining malakasini oshirishga yordam berilmoqda.

Ushbu loyihalar Oʻzbekiston va Turkmanistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshish uchun JSTga aʼzo boʻlishdan foydalangan holda oʻz iqtisodiyotlarini modernizatsiya qilish boʻyicha rivojlanish rejalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgandir.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech