Tashrif buyuruvchilar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi to‘g‘risida “Yevropa kuni” Toshkent festivalida xabardor bo‘ldilar

09.07.2023 828

Toshkentda nishonlangan “Yevropa kuni” doirasida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha tomonidan yarmarka bo’lib o’tdi. Unda ushbu loyihaning O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini qo‘llab-quvvatlayotgani namoyish etildi.

6-may kuni Toshkentda o’tkazilgan “Yevropa kuni” festivali Yevropa Ittifoqida tinchlik va birdamlikka bagʻishlandi va unda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Yarmarkada Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va texnik tajriba almashish jarayoni namoyish etildi.

“Yevropa kuni”ga bag’ishlangan tantanalarda Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian honim asosiy ma’ruzachi bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonasi fotosurati

Yarmarkada Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va XSM tomonidan amalga oshirilayotgan “ O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasining stendida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalariga loyihaning amalga oshirilish jarayoni namoyish etildi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni olg’a qadam bosar ekan, jamoatchilikning mamlakat jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashganidan so‘ng uni nimalar kutayotganini anglashi muhim ahamiyat kasb etadi.

Tashrif buyuruvchilar savdoni yengillashtirish va tovarlar va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi, intellektual mulkka nisbatan qo‘llaniladigan qoidalar kabi JSTning asosiy masalalari to‘g‘risida bilib oldilar va ko‘plab boshqa ma’lumotlar bilan tanishdilar. Axborot materiallari va video lavhalar tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etildi.

Yangi imkoniyatlarga tayyorgarlik ko’rish

Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish mamlakatga foyda keltirishi uchun O‘zbekiston korxonalari, shuningdek, agar mamlakat o‘z chegaralarini ochsa, nima bo‘lishi mumkinligini tushunishlari hamda ularning oldida ochilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlardan foydalanishni o‘rganishlari kerak.

Xususiy sektor ishtirokida jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

JSTga a’zolik shaffof iqtisodiy va savdo siyosati orqali iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash imkonini beradi. Tashkilot a’zolari bir-birlari uchun o'zboshimchalik bilan savdo to‘siqlarini o‘rnata olmaydilar, bu ham iste’molchilar uchun tovarlar va xizmatlar narxining pasayishiga yordam beradi.

Bozorlarga kirish imkoniyatining kengayishi va bashorat qilinadigan narxlar tufayli barqaror biznes muhiti uchun o‘sish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Loyiha to‘g‘risida

XSM Yevropa Ittifoqining O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasining amalga oshiruvchi hamkori hisoblanadi. Besh yillik tashabbus O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish orqali mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish bo‘yicha rivojlanish rejalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir. Loyihaning asosiy maqsadi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishdan iboratdir.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech