Oʻzbekiston tadbirkorlari JSTning qishloq xoʻjaligi boʻyicha qoidalari bilan tanishdi

11.08.2023 587

Oʻzbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo boʻlishga tayyorlanar ekan, tadbirkorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sohasidagi xalqaro savdo qoidalarini oʻrganmoqda.

Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotining toʻrtdan bir qismini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi va ishchi kuchining 27 foizini bandlik bilan ta’minlaydi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga koʻra, bu boshqa tarmoqlarga qaraganda ancha yuqori koʻrsatkich boʻlib, qishloq xoʻjaligini qashshoqlik va tengsizlikni kamaytirishning eng samarali harakatlantiruvchi kuchga aylantiradi.

Oʻzbekiston ma’lum qoidalarga asoslangan jahon iqtisodiyotiga qoʻshilgach, bu yanada dolzarb boʻlishi mumkin.

Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan tashkil etilgan treninglarda mamlakatning barcha viloyatlaridagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi. 2023 yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida seminar-treninglar boʻlib oʻtdi. 2023 yilning iyun va iyul oylarida esa Andijon, Buxoro, Jizzax, Farg‘ona, Namangan, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yana toʻqqizta seminar tashkil etildi.

Qishloq xoʻjaligi  oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlariga bevosita ta’sir qilganligi sababli mamlakatlar oʻz tarmoqlarini himoya qilishga yoki qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladi.

Shuni inobatga olgan holda treningda JSTning import tariflariga yondashuvi tushuntirib berildi. Shu jumladan vaqt oʻtishi bilan sotiladigan tovarlar narxini pasaytirish uchun ushbu bojlarni cheklab qoʻyish va asta-sekin pasaytirish choralari izohlab berildi. JST qoidalari, shuningdek, ba’zi mamlakatlarni boshqalardan ustun qoʻymasdan, tariflarning adolatli qoʻllanilishini ta’minlaydi.

 Qishloq xoʻjaligi subsidiyalari "qutilari" tushuntirib berildi

JSTning murakkab subsidiya toifalari ham ochib berildi. Yashil quti, qahrabo quti va moviy quti deb ataladigan quti toifalari qaysi subsidiyalarga ruxsat berilganligini koʻrsatadi.

Maxsus va differentsial tariflar tushuntirib berildi. Ushbu tamoyilga koʻra, rivojlanayotgan mamlakatlarning oʻtish davri yumshoqroq kechishi uchun rivojlangan mamlakatlarga nisbatan tariflarni pasaytirishning yengilroq rejimlariga ega. Bu bojlarning oʻzgarishlarga ta’sirchanligi tufayli ularning yuqoriroq darajalarini saqlab turish imkonini beradi.

Seminarlarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalardan aksariyati rahbariyat yoki directorlar kengashi darajasida boʻlgan 191 nafar ishtirokchi qatnashdi. Shuningdek, tegishli davlat tashkilotlaridan yana 89 nafar mansabdor shaxs ishtirok etdi.

Loyiha haqida

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan   XSMning “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Besh yillik tashabbus Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni orqali iqtisodiyotini modernizatsiya qilish boʻyicha rivojlanish rejalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning asosiy yoʻnalishlaridan biri xususiy sektor, jumladan, ayollar biznes uyushmalarining, JSTga a’zo boʻlishning ular faoliyatiga taʼsiri va samarasi  haqida yetarlicha ma’lumot olishlarini ta’minlashdan iboratdir. 

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech