Jahon savdo instituti va JST tadqiqotlari markazi yozgi akademiyalarida malaka oshirish O‘zbekiston mutasaddilarining savdo tajribasini mustahkamlaydi

26.08.2024 109

“Biz mojarolarni hal qilish va xalqaro shartnomalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rgandik. Bu O‘zbekistonga investorlar bilan yaxshiroq ishlashga yordam beradi va JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtiradi”, dedi joriy yilning 1-19-iyul kunlari Shveysariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon savdo instituti (WTI) yozgi akademiyasi kurslarida qatnashgan ishtirokchilardan biri.

XSM O‘zbekistonning to‘rt nafar savdo bo‘yicha mutaxassisiga mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha malakalarini oshirish uchun nufuzli institutning tegishli kurslarida qatnashish imkonini taqdim etdi.

Yana ikki nafar rasmiy Hindistonga safar qilib, 3-28-iyun kunlari Nyu-Dehlida JST tadqiqotlari markazi (CWS) WTI hamkorligida qo‘shma yozgi akademiya kurslarida ishtirok etdi. XSM JST tadqiqotlari markazi bilan yangi hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, O‘zbekiston mutasaddilari markaz kurslarida birinchi marta ishtirok etishdi.

JST bitimlarining mazmuni va uning huquqiy asoslari bo‘yicha mutasaddilarning texnik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish O‘zbekistonga JSTga a’zolikdan foyda olishda yordam beradigan tayanch bo‘ladi.

Malaka oshirish va aloqalarni kengaytirish

WTI va CSW yozgi akademiyalari tegishli savdo mavzularida tajriba oshirishga mo‘ljallangan. Kurslar o‘z sohalarida yetakchi savdo mutaxassislari tomonidan taqdim etildi. Yozgi akademiyalar diplomatlar va savdo mutasaddilari uchun qulay o‘quv maydoni hisoblanadi. Bu ishtirokchilarga dunyoning boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi.

WTI uzoq vaqtdan beri xalqaro savdo huquqi va iqtisodiyoti bo‘yicha yetakchi global o‘quv markazlaridan biri sifatida tan olingan. XSM WTI bilan uzoq yillik munosabatlarga ega, shuningdek, mamlakatda savdo sohasida bilimlarni oshirish maqsadida Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JST huquqi bo‘yicha kurs tashkil etish uchun institut bilan hamkorlik qilgan.

Bernga tashrif buyurgan rasmiylar “Xalqaro investitsiyalar huquqi va barqaror rivojlanish” va “Chegaraviy savdo va investitsiyalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar” kurslarida qatnashdilar.

Nyu-Dehliga tashrif buyurgan rasmiylar esa “JST huquqi asoslari – savdo iqtisodiyotiga kirish”va “Global xizmatlar savdosi iqtisodiyoti va amaliyoti, imtiyozli savdo bitimlari hamda savdo va atrof-muhit” kurslarida qatnashdilar.

Ishtirokchilardan biri ma’ruzachilarning mahoratini yuqori baholadi va kurslar xizmatlarni tartibga solish, savdo va atrof-muhit sohalarida zarur tajriba va bilimlar berganini aytdi.

Barqaror rivojlanish

“Ushbu dastur Oʻzbekiston Respublikasining JSTga aʼzo boʻlishi uchun zarur koʻnikmalarni beradi. Ishonamanki, ushbu dasturdan olingan bilim va ko‘nikmalar men qaytib kelganimda katta ahamiyatga ega bo‘ladi... Olingan bilim va tajribalar... kelajakdagi ishlarda qo‘llaniladi."

Yana bir ishtirokchi kursda barqaror rivojlanish bilan o‘rnatilgan aloqani yuqori baholadi: “WTI kursida qatnashish bizga xalqaro investitsiya qoidalari barqaror rivojlanish bilan qanday ishlashini tushunishga yordam berdi. Bu JSTga a’zo bo‘lish uchun muhim”.

Ishtirokchilarning barchasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining savdo masalalari va JST muzokaralari uchun mas’ul bo‘lgan yetakshi mutaxassislardir. Savdo muzokaralari va JST, JST bilan hamkorlik, Milliy qonunchilikni JST bitimlari bilan uyg‘unlashtirish, Iqtisodiy tahlil va strategik dasturlarni ishlab chiqish bo‘limi vakillari ishtirok etdi.

Mutasaddilarning yozgi akademiyalarda ishtiroki Yevropa Ittifoqi (YeI) moliyaviy ko‘magida “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida uning ijrochi hamkori XSM tomonidan amalga oshirildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech