Hukumatlar subsidiyalash mexanizmidan turli sabablarga koʻra foydalanadi. Subsidiyalar bozor mexanizmlarini buzilishini toʻg’irlash yoki Hukumatning siyosiy ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish bilan birga, xalqaro bozorlarga aksincha taʼsir koʻrsatishi mumkin. Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ning Subsidiyalar va kompensatsiya choralari toʻgʻrisidagi bitimi (SKCHB) subsidiyalash mexanizmidan foydalanish tadbirlarini belgilab, jarayon choralarini tartibga soladi.
Oʻzbekiston Hukumati masʼullari va muzokarachilarning JST subsidiyalash tartibi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini yanada kengaytirish maqsadida joriy yilning fevral oyida SKCHB qoidalarga bagʻishlangan bir qator seminarlar tashkil etildi.
Xalqaro Savdo Markazi (XSM) tomonidan Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida oʻtkazilgan 3 kunlik tadbir davomida ishtirokchilar SKCHBning asosiy qoidalari toʻgʻrisida bilimlarini oshirdi. Jumladan, oʻquv mashgʻulotlarida quyidagi mavzularga alohida eʼtibor qaratildi:
Ishtirokchilarda yuqoridagi qoidalarga doir amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida keys-stadi va viktorinalar oʻtkazildi.
“Men JSTning SKCHBdagi subsidiyalash tartibiga bagʻishlangan maʼlumotlarga boy seminar uchun XSM ga oʻz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Seminar juda yaxshi tashkillandi va koʻplab amaliy misollar hamda hayotiy keyslar orqali ishtirokchilarga samarali yetkazib berildi. Seminar orqali mazkur soha boʻyicha koʻnikmalarimni oshirdim va bu, ishonamanki, kelgusi faoliyatim uchun foydali boʻladi”, ̶ deb taʼkidladi Lolita Irgasheva, OʻzR Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bosh mutaxassisi.
Seminar mobaynida ekspertlar tomonidan Oʻzbekiston JSTga aʼzo boʻlgach, oʻz eksportchilari manfaatlarini adolatsiz amaliyotlardan himoya qilish uchun SKCHB doirasida mavjud huquqiy vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi va bunga kompensatsiya bojlari tartibi yoki nizolarni hal qilish mexanizmini qo‘llash orqali erishish mumkinligi taʼkidlandi.