Jahon Savdo Tashkiloti bitimlari orqali Oʻzbekistonda texnik meʼyoriy-huquqiy bazani mustahkamlash

28.04.2021 643

Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlish uchun Oʻzbekiston bir qator savdo shartnomalariga, jumladan Savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlar (SSTT) hamda Sanitariya va fitosanitariya me’yorlari (SFS) bitimlariga rioya qilinishini taʼminlashi zarur. Ushbu ikki bitim mamlakatda SSTT va SFS amaliyotlarini ishlab chiqish va qoʻllashda tenglik tamoyilidan foydalanish, xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish savdodagi nooʻrin toʻsiqlarga yoʻl qoʻymaslik tushunchalarini olgʻa suradi.

Shu oʻrinda, sohaga doir texnik reglamentlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish maqsadida Yevropa Ittifoqining “Oʻzbekistonning JSTga kirish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida 2 kunlik seminar tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirok etdi.

Oʻtgan 2 kunlik tadbir davomida standartlar, texnik reglamentlar va SFS Bitim tadbirlari oʻrtasidagi farq, savdo siyosati hamda texnik reglamentlarni ishlab chiqishda standartlar va ilgʻor tajribalardan foydalanish, milliy meʼyoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish, tartibga solishning taʼsirini tahlil qilish, texnik reglamentlarni qoʻllash va bozor nazorati kabi mavzular qamrab olindi.

Tadbirda ishtirokchilar samarali texnik reglamentlar va bozor nazoratining muhim tamoyillari, dastlabki shartlari, tartibi va asosiy omillari boʻyicha nazariy hamda amaliy tushunchalarni egalladi. Shuningdek, oʻquv mashgʻulotlari mobaynida STT va SFS bitimlarini texnik reglamentlar bilan uygʻunlashtirishning ijobiy jihatlari, xususan, Hukumatlar oʻrtasida tartibga soluvchi hamkorlikka asos solib, savdo ziddiyatlarini yengillashtirishga xizmat qilishi oʻrganildi.

Seminar muhokamalarida STT va SFSga oid Milliy qonunchilikni qayta koʻrib chiqish boʻyicha tavsiyalar berildi. Xalqaro Savdo Markazi tomonidan ishtirokchilarga tegishli mahalliy idoralarga tarqatish uchun bir qator zaruriy hujjatlar va oʻquv materiallarini taqdim etildi.

Mazkur seminar Oʻzbekistonni JST aʼzoligiga yanada puxta tayyorlash hamda mamlakatda STT va SFS bitimlarini joriy qilishga koʻmaklashish maqsadidagi texnik tadbirlardan biri sifatida tashkil etildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech