2021-yil 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi (YI) homiyligida Xalqaro savdo markazi (XSM) tomonidan tashkil etilgan JSTga aʼzo boʻlish va JST bitimlari doirasida siyosat sohasidagi moslashuvchan imkoniyatlar boʻyicha bir qator qizgʻin treninglar boʻlib oʻtdi. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida Toshkentdagi treninglar tashkilotga a’zo bo‘lish bilan bogʻliq keng koʻlamli mavzularni, xususan, istisnolar va koʻp tomonlama savdo tizimi qoidalarida siyosatdagi manyovrga imkon berish maqsadidagi moslashuvchanlik kabi mavzularni qamrab oldi. Trening nafaqat davlat amaldorlari, balki O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan ushbu rivojlanish jarayonining asosiy manfaatdor tomonlari sifatida xususiy sektorning tegishli segmentlarini ham qamrab oldi.
Oʻquv seminaridagi ochilish nutqida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari va Oʻzbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha bosh muzokarachisi janob Badriddin Obidov JSTga aʼzo boʻlish Oʻzbekiston uchun “mutlaq ustuvor ahamiyat kasb etishi”ni eʼtirof etdi. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari parlamentga yillik murojaatnomasida aslida bu jarayonni hukumatning joriy yildagi birlamchi vazifalaridan biri sifatida belgilab bergan edi, dedi janob Abidov. “Biz bu jarayonga O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlar va ko‘p tomonlama tizimga integratsiyalashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan holda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning ajralmas qismi sifatida qaraymiz”.
“Bizning bosh maqsadimiz milliy iqtisodiyotning barqaror va izchil maqsadlarini amalga oshirish uchun huquq va majburiyatlar muvozanatini ta’minlashdir” – dedi janob Abidov. Shuningdek, u JSTga a’zo bo‘lish nafaqat savdoni tartibga solish va bozorni ochishni, balki “milliy manfaatlarni malakali tarzda qo‘llab-quvvatlash” uchun moslashuvchanlik va istisnolarni ta’minlovchi tartibga solish mexanizmlarini ham o‘z ichiga olishini ta’kidladi.
“Biz tovar va xizmatlardan foydalanishni liberallashtirish mamlakat iqtisodiyotining, [xususan], shakllanishi yoki modernizatsiya bosqichidagi hamda ijobiy rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi zarur, degan g‘oyaga asoslanamiz”, – deya qo‘shimcha qildi u.
JSTga a’zo bo‘lgan hukumatlar uchun mavjud bo‘lgan eng yaxshi siyosatni tanlash erkinligi va imtiyozlar haqidagi hal qiluvchi masala haqiqatan ham Toshkentda o‘tkazilgan bir haftalik trening kun tartibida birinchi o‘rinda turdi. Shuningdek, tadbirda tovar va xizmatlar savdosiga tariflarni pasaytirish va notarif to‘siqlar masalasiga to‘xtalindi.
Tovarlar savdosida bojxona ma’muriyati, soliqqa tortish va ichki chora-tadbirlar, qishloq xo‘jaligi qoidalari, subsidiyalar va sanoat siyosati maqsadlari, shuningdek, savdo vositalari orqali “hamma uchun bir xil o‘yin qoidalarini” ta’minlash bo‘yicha moddiy va ma’muriy erkinliklar, demping, kompensatsiya va himoya choralari qayd etib o‘tildi.
Sessiyaning bir qismi, shuningdek, mamlakatning to‘lov balansini himoya qilish uchun import o‘sishi sodir bo‘lgan taqdirda mamlakatlarga import cheklovlarini joriy etish imkonini beradigan JST bitimidagi mavjud qoidalarga ham bag‘ishlandi.
Muzokaralar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etuvchi xizmatlar savdosi bo‘yicha majburiyatlarda “oq roʻyxat” yondashuvi Oʻzbekiston oʻz bozorlarini xorijlik xizmat koʻrsatuvchi provayderlar uchun qay darajada ochish istagini hisobga olgan holda mavjud boʻlgan moslashuvchanlik koʻlamini koʻrsatish uchun alohida ta’kidlab ko‘rsatildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘limi rahbari janob Fransua Bejo ham O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi mamlakat uchun o‘ta muhim qadam bo‘lib, qolgan davlatlar bilan savdo aloqalarini o‘zgartirishini ta’kidlar ekan, “Bugungi kunda dunyoning JSTga aʼzo boʻlmagan davlatlari koʻp emas, shuning uchun bu jarayonga qoʻshilish juda muhim”, – dedi u.
Uning soʻzlariga koʻra, yaqinda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan XII Vazirlar konferensiyasi Oʻzbekiston uchun nafaqat JSTga aʼzo davlatlarga bu jarayonda oʻz majburiyatlari va xohish-istaklarini ko‘rsatib berish, balki cheklov chegaralarini belgilash uchun ham muhim lahzadir.