O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishining xususiy sector uchun afzalliklari seminarlarda o’z aksini topdi

22.09.2022 842

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni davom etayotgan bir davrda XSM tomonidan jarayon haqidagi ma’lumotlarni yetkazish maqsadida xususiy sektor uchun iyul va sentyabr oylarida seminarlar o’tkazildi.

O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvidan kelib chiqadigan iqtisodiy rivojlanish samarasini ta’minlashda xususiy sektorni jarayonda qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Ta'kidlash joizki, JSTga a'zo bo'lish xususiy sektorning global ta'minot zanjirlariga ko'proq integratsiyalashuviga yordam beradi va shu bilan ular yetkazib beradigan xizmatlar va mahsulotlar uchun barqaror narxlarni ta'minlaydi.

Afzalliklar aniq ko'rsatilgan

JSTga a'zo bo'lish a'zo mamlakatlar uchun bir qator afzalliklar beradi. Bu shaffof siyosat talablari orqali tijorat operatsiyalarida barqarorlikni oshirishga yordam beradi va a'zolarning bir-biriga nisbatan o'zboshimchalik bilan savdo to'siqlarini qo'yishiga yo'l qo'ymaydi.

Bu odatda bozorga kengroq kirish, barqaror hamda prognoz qilsa bo’ladigan narxlar orqali biznes muhitining o'sishga yo'naltirilgan bo'lishini ta'minlaydi.

Barqarorlik va prognoz qila olish hususiyati, o'z navbatida, ishonchlilikka hissa qo'shadi, bu esa to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni rag'batlantiradi. Ohir-oqibat bularning barchasi ichki bozorning yanada o'sishiga turtki berishi mumkin.

O‘zbekistonda xususiy sektorga yo‘naltirilgan seminarlar turkumi Xorazm viloyatining Xiva shahrida 2022-yilning 22-iyulida bo‘lib o‘tgan sessiya bilan boshlandi va ikkinchi seminar 4-avgust kuni Jizzax viloyatining Jizzax shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ijobiy javob

Ishtirokchilarning javoblari ijobiy bo'ldi.

“Mamlakatimiz JSTga a’zo bo’lishi kerak. Bu xususiy sektor ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlarining o‘z mahsulotlarini eksport qilishi, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi uchun zamin yaratmoqda, – dedi Xorazm viloyatidagi tadbirkorlardan biri seminardan so‘ng.

Xorazmlik tadbirkor ayol xususiy sektorni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish istagi haqida xabardor qilish tashabbusini yuqori baholadi: “Ushbu tadbir tashkilotchilariga katta rahmat. Bunday seminarlarni ko‘proq tashkil qilish juda foydali bo‘lardi”.

Qashqadaryo viloyatidagi “Imonaxon Faxhriddinovna” tadbirkorlik korxonasi rahbari Nargis Eshdavlatova xonim: “Bugungi seminarda men yangi bilim va tushunchalarga ega bo‘ldim. Mening shaxsiy biznesim uchun katta imkoniyatlar uchun ko'plab eshiklar ochilishidan juda xursandman. Men O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlayman”.

Samarqandda esa EKSPORTTehashroalu huquqshunosi janob Aslamboy Usmonov shunday dedi: “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishiga bag‘ishlangan seminar menda juda katta taassurot qoldirdi. Agar mamlakatimiz ham JSTga a’zo bo‘lsa, juda ko‘p qulayliklar bo‘lishini tushundim. Eksportga yuk chiqarishga ham keng ko’lamli yo’l ochilar ekan va himoya xolati ham yaxshilanar ekan. Yuqorida qayd etilgan fikrlar eksport uchun juda muhim”.

Seminarlar asosan JSTning maqsadlari va faoliyatini tushuntirishga qaratildi. Qo'shilish jarayoni batafsil yoritilgan va a'zolikdan kelib chiqadigan afzalliklar va qiyinchiliklar tushuntirilgan. Qo'shilish jarayonida xususiy sektorning roli ana shu fonda ifodalanadi.

Seminarlar ko’plab hududlarni qamrab oldi

Hususiy sector uchun mo’ljallangan seminarlar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirildi hamda XSM tomonidan tashkil qilindi. Iyul oyida Xorazmda boshlangan seminarlar keyinroq avgust va sentyabr oylarida Samarqand, Navoiy, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida hamda Qoraqolpog’iston Respublikasida davom etdi.

XSM Yevropa IttifoqiningO‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshiruvchi hamkori hisoblanadi. Besh yillik tashabbus Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonidan foydalanish orqali iqtisodiyotini modernizatsiya qilish boʻyicha rivojlanish rejalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishga hissa qo'shishdir.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech