JSTning Intellektual mulk huquqiga bag‘ishlangan intensiv o‘quv seminari

14.08.2024 155

Buxoro gilamlari, Rishton kulollari va Samarqand nonidan tortib Farg‘ona vodiysi o‘riklari va o‘zbek za’faronigacha. Bu savdo sohasida intellektual mulk huquqlari himoyasini olishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonga xos mahsulotlarning faqat bir qismidir.

Geografik ko‘rsatkichlar (GK) mahsulotning ma’lum bir hududdan kelib chiqishini va sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari uning aynan geografik kelib chiqishi bilan bog‘liqligini tan oladi.

GK savdo uchun asosiy mavzu bo‘lgan Jahon savdo tashkilotining (JST) Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha (TRIPS) bitimiga kiritilgan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish shakllaridan biridir.

Xalqaro savdo markazi (XSM) 2024-yilning 16 va 17-iyul kunlari Toshkent shahrida davlat mutasaddilari va talabalar uchun xalqaro savdodagi ushbu murakkab, ammo hayotiy muhim soha bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida ikki kunlik ma’ruza uyushtirdi.

Innovatsiyaga yo‘l

Intellektual mulk (IM)ni himoya qilish innovatsion taraqqiyotning asosiy omilidir. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish orqali mamlakat o‘z innovatorlari ixtirolari, badiiy g‘oyalari yoki tovar belgilaridan foyda olishlarini ta’minlaydi. Bu ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar manfaati yo‘lida texnologik yangiliklarni yaratish va ularning tarqalishini ta’minlaydi. Bu, o‘z navbatida, ijtimoiy va iqtisodiy farovonlikning oshishiga xizmat qiladi.

Haqiqiy hayot voqealari, amaliy tadqiqotlar va interfaol muhokamalardan foydalangan holda seminar davomida TRIPS bitimining asosiy tamoyillari va uning maqsadlari bilan tanishtirildi. IM himoyasining asosiy elementlari, ya’ni patentlar, tovar belgilari va mualliflik huquqi hamda ularning ishlash prinsiplari haqida batafsil muhokama qilindi.

Seminarning ikkinchi kuni amaliy ishlarga, TRIPS bilan bog‘liq JST nizolari holatlarini tahlil qilishga va boshqa mamlakatlar tajribasidan olingan saboqlarni muhokama qilishga qaratildi. Ishtirokchilar, shuningdek, TRIPS talablariga muvofiqlik bo‘yicha mashqlarni bajarish orqali o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar.

Ushbu seminar XSMning 11 kursdan iborat savdo siyosati boʻyicha oʻquv dasturidagi sakkizinchi kurs boʻldi. Uning maqsadi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi arafasida savdo ko‘nikmalarni rivojlantirishni jadallashtirishdan iborat.

Seminarda 20 nafar mutasaddilar, jumladan JST muzokara guruhi a’zolari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirok etdi.

Ma’ruzani intellektual mulk huquqlari bo‘yicha ekspert Iren Kalboli o‘qidi. Shuningdek, u Oʻzbekistonning JST boʻyicha muzokara guruhi aʼzolari bilan birgalikda Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha texnik muhokamalar ham oʻtkazdi.

Missiya Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish” loyihasi doirasida XSM tomonidan tashkil etildi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech