Markaziy Osiyo davlatlarining Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a’zo boʻlishi mintaqaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga va oʻzaro savdo hajmini oshirishga xizmat qiladi.
2024-yil 3-5-iyun kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan ikkinchi Markaziy Osiyo savdo siyosati forumida shu xulosaga kelindi. Unda Markaziy Osiyoning beshta davlati va Ozarbayjonning yuqori martabali vakillari mintaqaning JSTga a’zo boʻlish orqali jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini muhokama qilish uchun yigʻildi. Tadbir JST, Xalqaro savdo markazi (XSM) va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Qozogʻiston hukumati bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Prezidentining JST masalalari boʻyicha maxsus vakili va JSTdagi bosh muzokarachi Azizbek Urunov boshchiligidagi sakkiz nafar Oʻzbekiston hukumati vakillari ishtirok etdi.
Ushbu yuqori darajadagi forumda JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala asosiy nutq soʻzladi. Uning taʼkidlashicha, mintaqa davlatalri uchun aʼzolik tajribasi umumiy olganda ijobiy boʻlgan. Qozogʻiston va Tojikiston JSTga aʼzo boʻlganidan soʻng besh yil ichida tovarlari eksporti hajmini 14 foizga oshganini va xorijiy investitsiyalar hajmining esa 41 foizga oshganini qayd etdi.
“Jumboqda yetishmayotgan boʻlak”
“Mamlakatlar bir xil xalqaro qoidalar toʻplami bilan qanchalik bogʻlangan boʻlsa, ular oʻzaro savdoga shunchalik moyil boʻlishadi, ayniqsa ichki savdo salohiyati yetarli darajada amalga oshirilmayotgan mintaqada. Markaziy Osiyo JST uchun katta ahamiyatga ega boʻlib, u global koʻp tomonlama savdo tizimidagi asosiy yetishmayotgan bir boʻlakdir”, - dedi JST Bosh direktori.
Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi savdo ayirboshlash, ularning yaqinligi, umumiy madaniyati va tarixiga qaramay, hozirda 10% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ularning dunyo bilan umumiy savdosi past, mintaqa yalpi ichki mahsulotining (YaIM) atigi 40% eksportga toʻgʻri keladi. Bu mamlakatlar uchun savdo orqali oʻz iqtisodiyotini kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Umumiy qoidalar va jarayonlar
Agar mintaqadagi barcha davlatlar JSTga a’zo boʻlsa, ularning savdo qoidalari va tartiblari avtomatik tarzda uygʻunlashtiriladi, bu mintaqada oʻzaro biznes yuritishni osonlashtiradi va arzonlashtiradi. Bu iqtisodiy faoliyatga sogʻlom turtki boʻlib, butun mintaqa aholisiga foyda keltiradi.
2015, 1998 va 2013 yillarda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston JSTga aʼzo boʻlgan. Oʻzbekistonning aʼzo boʻlish jarayoni ancha rivojlangan bosqichga yetib keldi. Ozarbayjon va Turkmaniston ham JSTga a’zo boʻlish jarayonida ekanligini hisobga olganda, bu holat mintaqaviy integratsiyalashuv va savdonining mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.
Forum JSTga aʼzo boʻlish jarayonida va a’zolikdan keyin oʻrganilgan tajriba va saboqlarni almashish uchun platforma boʻlib, JSTga a’zolik a’zo boʻlayotgan mamlakatlarning savdo siyosatiga taʼsiri va oqibatlari haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.
JSTga a’zo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish Oʻzbekiston va Turkmanistonga Yevropa Ittifoqining moliyaviy koʻmagida XSM tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu yordam muzokaralar oʻtkazish pozitsiyalarini shakllantirish va tegishli milliy qonunlar va me’yoriy hujjatlarni JST tamoyillariga muvofiqligini koʻrib chiqish, shuningdek, JST kelishuvlarining samarali bajarilishini ta’minlash uchun hukumat vakillari salohiyatini shakllantirishni oʻz ichiga oladi.
Texnik yordamning asosiy maqsadi ushbu mamlakatlarga JSTga a’zo boʻlish imtiyozlaridan foydalangan holda iqtisodiy tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot rejalarini amalga oshirishda yordam berishdan iborat.