Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlish imkoniyatlarini oshirish: Qozogʻiston, Tojikiston va Ukrainaning JST ga aʼzo boʻlish jarayonidagi sobiq bosh muzokarachilari bilan tajriba almashuvi

25.05.2021 658

Oʻzbekiston Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ga aʼzo boʻlish boʻyicha saʼy-harakatlar ijrosida davom etmoqda. Bu borada mamlakatga koʻmaklashish maqsadida Xalqaro Savdo Markazi (XSM) tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyalashtirgan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida Oʻzbekiston Hukumati vakillari uchun Qozogʻiston, Tojikiston va Ukrainaning JSTga kirish jarayonidagi sobiq bosh muzokarachilari bilan 3 ta onlayn seminar tashkil etildi.

OʻzR Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) masʼul xodimlari ishtirokidagi ushbu seminarlarda Qozogʻiston, Ukraina va Tojikiston vakillari JSTga aʼzo boʻlish muzokaralariga oid ilgʻor tajriba va yondashuvlar boʻyicha taqdimotlar oʻtkazib, quyidagi kabi masalalar yuzasidan mulohaza va tavsiyalar bildirdi:

  • tashkilotga aʼzolik boʻyicha oʻtkaziladigan ikki tomonlama, koʻp tomonlama, hamda har taraflama muzokoralarning bosqichlari;
  • tashkilotga aʼzolik fonida tartibga soluvchi islohotlar jarayoni;
  • JSTga aʼzolik muzokaralari uchun zarur hujjatlarni tayyorlash tartibi;
  • JSTga aʼzo Hukumatlarning Ishchi guruh yigʻilishlarida ishtirok etish tartibi;
  • konstruktiv muzokaralar pozitsiyasini shakllantirish boʻyicha idoralararo samarali shaffof aloqa hamda institutsional muvofiqlashuvni taʼminlash;
  • JSTning ayrim aʼzolari bilan muzokaralar olib borish tajribasidan olingan saboqlar;
  • rivojlanish agentliklari bilan hamkorlik va tashqi texnik yordam olish.

Sobiq bosh muzokarachilar bilan boʻlib oʻtgan toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqot Oʻzbekiston tomoniga Hukumatlar JSTga kirish jarayonida duch kelayotgan turli masalalarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi. JSTga aʼzo davlatlar koʻrsatadigan ushbu turdagi maslahat yordami Oʻzbekiston vakillarining amaliy tajriba orttirishida katta rol oʻynab, jarayonni yanada samarali olib borishga xizmat qiladi.

USHBU MAQOLANI ULASHING

Axborotnomalar

The ITC newsletters keep you up-to-date on events, trainings, and news on trade-related matters and are sent out once a month.

Sign up to our newsletters
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech